O’ZDJTUDA “SHARQ TILLAR FESTIVALI” KENG NISHONLANDI

07.05.2024

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakultetida ilk marotaba “Sharq tillar festivali” boʻlib oʻtdi. Festivalni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Festival ustoz-murabbiylar va talabalar tomonidan koʻtarinki kayfiyatda tashkil qilinib, tadbir dasturlari davomida barcha mehmonlar sharq mamlakatlariga sayr qilish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Festivalda fakuktetning yapon, koreys, xitoy, arab, turk yoʻnalishlari oʻqituvchilari va talabalari, qolaversa, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Jazoir kabi sharq davlatlaridan tashrif buyurgan ustozlar ham faol ishtirok etdi.