O’zDJTUDA VEBSTER UNIVERSITETINING BIR YILLIK MAGISTRATURA DASTURIGA QABUL BOSHLANDI

14.06.2019

O’ZDJTU QOSHIDAGI AQSHNING WEBSTER UNIVERSITETI BIR YILLIK MAGISTRATURA DASTURI BO’YICHA O’QISHGA TAKLIF ETADI!

O’zbеkiston davlat jahon tillari universiteti AQShning Webster Universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’qitish” bir yillik magistratura dasturiga hujjatlar qabulini e’lon qiladi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • 6.0 ball va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikati yoki 533 (online test bo’yicha 72) ball darajasidagi TOEFL certifikati. Certifikatga ega bo’lmagan nomzodlar uchun Webster Universiteti bilan hamkorlikda 2019-yil iyun oyida online ESL TEST (Michigan English Placement Test – ma’lumotni ushbu ssilkadan oilsh mumkin: http://www.webster.edu/uzbekistan/admissions.html#english) o’tkaziladi va ushbu certifikat qabul qilinadi. Testga qo’shimcha ravishda berilgan mavzu bo’yicha 300-400 so’zdan iborat essay yozish kerak. Test uchun 20-30 AQSh dollari miqdoridagi summa to’lanadi.  
  • Notarial tasdiqlangan bakalavr diploma va uning ilovasi nusxasi (reyting tizimi boyicha o’rtacha 65 ball yoki undan yuqori o’zlashtirish ko’rstakichiga ega bo’lish lozim).
  • “O’qitish falsafasi” (Teaching philosophy) mavzusida bir betdan iborat essay.
  • Recommendation letter – 2 ta
  • CV yoki Resume
  • Passport nusxasi.
  • 4 dona fotosurat 3.5×4.5
  • Papka (qog’ozlar uchun)

Muddat: 30.07. 2019

Hujjatlar O’zDJTU asosiy binosi, 5-qavat 522-xonada qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, G-9A mavzesi, Kichik Halqa Yuli ko’chasi, 21a-uy.

Tel.: (+99897) 449 09 67, (+99893) 761 31 41. Telegram: (+99890) 946 7736

E-mail: h.yuldashev@uzswlu.uz

Izoh: MA TESL dasturi bo’yicha o’qish uchun to’lov miqdori 4 000 AQSh dollarini tashkil etadi (stipendiyasiz): milliy valyuta – so’mda ikkiga bo’lib to’lanadi.

Dasturni muvaffayatli tamomlagan talabalarga AQShning Webster Universiteti diplomi va TESL Certificate beriladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 − 1 =