O’zDJTUDA XALQARO ARAB TILI KUNIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O’TKAZILADI

24.11.2022

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan 2022-yil 15-dekabr kuni Xalqaro arab tili kuniga bag‘ishlangan «Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Shu sohada izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, soha mutaxassislari anjumanda ishtirok etishga taklif qilinadi.  

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:

1. Arab tilini o‘rganish: muammolar va yechimlar.

2. Zamonaviy arab adabiyoti: she’riyat va nasr.

3. Arab tilini chet tili sifatida o‘qitishdagi innovatsion yondashuvlar va jahon tajribasi.

4. Arab-o‘zbek va o‘zbek-arab tarjimashunosligining zamonaviy tendensiyalari.

Anjuman haqida batafsil ma’lumot bilan axborot xati orqali tanishishingiz mumkin:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − ten =