O’zDJTUDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA: “CHET TILLARNI O’QITISHDAGI TENDENSIYALAR: YUTUQ, MUAMMO VA YECHIMLAR”

16.10.2019

Ma’lumki, bugungi kunda davlatimiz respublikamizda chet tillarni o’rganishni takomillashtirish uchun barcha shart-sharoit yaratmoqda, yosh avlod vakillari orasida chet tillarini o’rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, yosh kadrlar salohiyatini oshirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu amaliy ishlarning uzviy davomchisi sifatida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Chet tillarni o’qitishdagi tendensiyalar: yutuq, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, shuningdek, AQShning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda  tashkil qilingan konferensiya bugun, 16-oktabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti binosida o’z ishini boshladi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi yo’nalishlar bo’yicha fikr va tajriba almashish uchun platforma bo’lib xizmat qiladi:

  • davlat ta’lim standartlari va xorijiy tillar uchun o’quv dasturlarini takomillashtirishga zamonaviy yondashuvlar;
  • zamonaviy usullar bo’yicha chet tilida maxsus takliflar tayyorlash (CLIL, CBLT, EMI, CBI);
  • chet tillarni o’qitishda madaniyatlararo muloqot;
  • chet tillari bilimlarini baholashda test tizimida zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati;
  • lingvistik nazariyaning dolzarb muammolari.

Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad ushbu sohadagi mavjud vaziyatni tahlil qilish va chet tillarni o’rganish hamda o’qitish tizimini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ularning ommalashib ketishiga sabab bo’lgan asosiy omillarni aniqlashdan iborat. Bularning barchasi tilshunoslik, pragmatika, didaktika va rivojlanishning eng samarali yo’nalishlari bo’yicha uzluksiz ta’lim tizimida chet tilini o’qitish nuqtai nazaridan ko’rib chiqilmoqda. Shuningdek, amaliy tadqiqotlarning dolzarb masalalari va ularni ilmiy ta’lim muhitiga joriy etish masalalari ham konferensiyada davomida muhokama qilinmoqda.

Mazkur anjumanda respublikamizning 12 hududidan 200 dan ortiq tajribali ekspert, yetakchi tilshunos mutaxassislar, shuningdek, AQSh, Yangi Zelandiya, Qozog’iston va Qirg’izistondan 30 dan ortiq xorijiy mutaxassislar ishtirok etmoqda. Xususan, konferensiyada Amerika Qo’shma Shtatlarining O’zbekistondagi elchisi Daniel Rosenblum, AQSh madaniyat va ta’lim ishlari bo’yicha elchixonasining maslahatchisi Jon Kramb, Markaziy Osiyo bo’yicha ingliz tili mintaqaviy ofisi direktori Jon Silver, AQShning ingliz tili mutaxassislari, Toshkentdagi Webster universiteti, Gyote instituti va boshqa xorijiy universitetlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Konferensiya 17-oktabr kuni ham o’z ishini davom ettiradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen − six =