O’zDJTUDA YAPON TILI VA MAMLAKATSHUNOSLIGIGA OID O’QUV-TEXNIK JIHOZLARDAN IBORAT XONALARNING OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

24.03.2021

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Fudjiyama Yoshinori janoblari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Fudjiyama Yoshinori janoblari O’zDJTU rektori, sotsiologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Azizov Ulug’bek Botirovich rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida  yapon tili va mamlakatshunosligiga oid o‘quv-uslubiy materiallar, yapon tili kafedrasi va multimedia markazi uchun mebel jihozlari, kompyuterlar va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlangan xonalarning ochilish marosimi o‘tkazildi.

 “Yaponiya elchixonasi uzoq yillar davomida universitetga beminnat yordam berib kelgani uchun katta tashakkur bildirmoqchiman, jumladan 2014-yil ushbu universitetda Yapon tili asosiy til sifatida faoliyat olib borishida albatta Yaponiya fondi va elchixonasining xizmati katta bo‘ldi. Bundan tashqari, yapon tili o‘qituvchilari Yaponiya elchixonasi va Yaponiya hukumati orqali har yili malaka oshirish, trening kurslari o‘qib kelmoqdalar. Yaponiya hukumati va xalqining beg‘araz ko‘magi orqali universitetning bir necha xonalari zamonlaviy kompyuter texnologiya, vebinar xonalar tashkil etildi, innovatsion markaz zamonaviylashtirildi. Bu yapon tili yo‘nalishi o‘qituvchilariga tilni zamonaviy multimedia vositalari orqali o‘rgatishda yanada qulaylik imkonini bersa, talabalarga tilni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi”, — dedi O’zDJTU rektori U.Azizov ochilish marosimidagi nutqida.

Ma’lumot o’rnida, ushbu texnik vositalar bilan ta’minlangan xonalar 2020-yil 4-martdagi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan imzolangan shartnomaga asosan Yaponiya Hukumatining “Kichik hajmdagi ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish” granti asosida qiymati 90 143 AQSh dollariga teng loyiha hisoblanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 3 =