O’zDJTUDA YAPONIYANING “DIGITAL KNOWLEDGE” KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

07.10.2020

2020 yil 7 oktyabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning Digital Knowledge kompaniyasi direktori Toshiko Kondo va loyiha menejeri Chigusa Kobayashi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuvda Xalqaro hamokrlik bo’yicha prorektor A. Abidjanov, Qo’shma ta’lim dasturlari  bo’limi boshlig’i X. Yuldashev ishtirok etdilar.

Uchrashuvdan avval kompaniya vakillari Yaponiya raqamli universiteti (Japan Digital University, JDU) uchun ajratilgan xonalar, amalga oshirilgan ta’mirlash va jihozlash ishlari va xonalarning o’quv jarayoniga tayyorgarlik holati bilan tanishdilar.

Uchrashuv chog’ida O’zDJTUning Xalqaro hamokrlik bo’yicha prorektori A. Abidjanov Yaponiya raqamli universiteti (JDU) faoliyatini tashkil qilishdagi masalalar muhokamasiga etiborni qaratdi. Jumladan, o’quv rejalarini tasdiqlash, dars jarayonini tashkillashtirish, qolaversa bo’lajak talabalarning kontrakt to’lovini amalga oshirishda yaratilajak qulayliklar kabi masalalarga to’xtaldi.

Kondo va Kobayashi xonimlar ko’rsatilayotgan yordam uchun rahbariyatga o’z minnatdorchiligini bildirishdi. Amalga oshirilgan ishlardan Yaponiya vakillari mamnun ekanligini hamda ushbu tashrif mehmonlarda katta ta’surot qoldirganini ta’kidladilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × three =