O’zDJTUDAGI YANGI YO‘NALISH – “KOMPYUTER LINGVISTIKASI” VA “IT-PARK” HAMKORLIGI
13.01.2020“KOMPYUTER LINGVISTIKASI” yo’nalishi haqida bilasizmi?
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti har yili xalqaro tashkilotlar bilan yangidan yangi ta’lim yo’nalishlarini tashkil qilishi bilan boshqa oliy o’quv yurtlaridan ajralib turadi. Bunda universitet hozirgi zamon talablarini, qaysi soha kadrlarga talabgirligini o‘rganadi. An’analarni davom ettirgan holda 2018-yil 19-dekabr kuni Rossiyaning taniqli oliy o’quv yurti Adigey davlat universiteti bilan hamkorlik asosida kadrlarni tayyorlash bo’yicha bitim imzolangan edi. 2019-yil 6-iyul kuni esa Adigey davlat universiteti vakillari O’zDJTUga tashrif buyurib, universitetdagi ta’lim tizimi bilan tanishdilar, OTMlar o’rtasida rus tili va zamonaviy axborot texnologiyalari yo’nalishida qo’shma dasturni yo’lga qo’yish masalasini ham muhokama qilishgan edi. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining natijasi sifatida 2019-yilning sentyabr oyidan O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bakalavr yo’nalishida yangi “Axborotni qayta ishlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (Kompyuter lingvistikasi) ” yo’nalishi ochildi va hozirda unda 25 ta talaba tahsil olmoqda.
IT-PARK VA “KOMPYUTER LINGVISTIKASI” ILMIY-AMALIY LABORATORIYASI
O‘zDJTU “Kompyuter lingvistikasi va dasturlash yo’nalishi” talabalarini har tomonlama yaxshi, jahon standarti talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan. Shunnigdek, axborot texnologiyalari bo‘yicha rivojlangan tashkilotlardan biri “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki direksiyasi” (IT-PARK) bilan O‘zDJTU o’rtasida memorandum imzolangan. Bu yo’nalish talabalari uchun hamkorlikda IT-PARK hududida “Kompyuter lingvistikasi ilmiy-amaliy labarotoriya” bazasi ochilgan. U yerda talabalar amaliyot o‘tashlari, IT-Park mutaxassislari bilan tajriba almashishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kungacha universitetda ko‘plab hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o’tdi. Kuni kecha IT-PARKning 1 yilligi ushbu yo’nalish talabalari bilan birga nishonlandi.
BU YO’NALISH TALABALARGA NIMA BERADI?
Bugungi kunda har bir sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormoqda. Ushbu yo’nalish, ya’ni kompyuter lingvistikasi lingvistik hodisalarning matematik modellarini tuzish va uning asosida kompyuter dasturlarini yaratishni o’z ichiga oladi. “Axborotni qayta ishlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (Kompyuter lingvistikasi)” yo’nalishi talabalari kuchli tilshunos bo’lish bilan birga, zamon talablariga javob beradigan dasturchi ham bo’lib yetishadi. Talabalarga Adigey davlat universitetining kuchli mutaxassislari, dasturlash bo’yicha o’qituvchilar dars o’tmoqda. Eng yaxshi yaratilgan imkoniyat bu – talabalar bakalavr bosqichining 4-yilini Adigey davlat universitetida davom ettirishidir. Shu bilan birga, bu yo’nalishni bitirgan talaba ikkita diplomga ega mutaxassis bo’lib yetishib chiqadi.
Ushbu qo’shma hamkorlikdagi yangi yo’nalish talabalari yurtimizning rivojlanishiga munosib hissa qo’shadigan zamonaviy dasturlarni yaratadi, degan umiddamiz.
1 Comment so far
Jump into a conversationAssalomu alaykum. Avvalo, qimmatli vaqtingizni sarflab pochtamni o’qiyotganingiz uchun tashakkur. Men Gulshoda Abdumalikova Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti Kompyuter lingvistikasi yo’nalishi 1-kurs talabasiman. Ushbu xabarni yozishimdan maqsad: Sizlarning universitetlaringizdagi ,,kompyuter lingvistikasi» yo’nalishi talabalari va bizning universitet talabalari hamkorlikda ishlashsa, ko’proq va kattaroq natijalar bo’lar edi. Shuning ilojisini qilsak bo’ladimi?