O’zDJTUNING SHVEYSARIYA OTMLARI BILAN HAMKORLIK O’RNATISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

12.03.2020

Joriy yilning 11-mart sanasida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Shveysariyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi o‘rinbosari Daminik Petter hamda elchixonaning ta’lim masalalari bo‘yicha assistenti Irina Shkarina tashrif buyurdi.

Roman-german filologiyasi fakultetida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda O’zDJTU rektori G’anisher Raximov, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani O. Xallilayev, shuningdek, universitet professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida fransuz va nemis tilidagi o‘quv adabiyotlari taqdimoti ham bo’lib o’tdi.

Shveysariyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi o‘rinbosari Daminik Petter bilan bo’lib o’tgan rasmiy uchrashuv davomida tomonlar Shveysariya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish; Shveysariya OTMlari bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalarni ishlab chiqish va ularda qatnashish kabi masalalarni muhokama qildilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 − four =