O‘ZINI O‘ZI MOLIYALASHTIRISHGA O‘TAYOTGAN OTMLAR RO‘YXATI TASDIQLANDI

06.12.2019

«Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida» Hukumat qarori (967-son, 03.12.2019 y.) qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan 10 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi:

  1. Samarqand davlat chet tillar universiteti.
  2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
  3. Toshkent davlat yuridik universiteti.
  4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
  5. Toshkent moliya instituti.
  6. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
  7. Toshkent farmatsevtika instituti.
  8. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
  9. Urganch davlat universiteti
  10. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Bunda ushbu OTMlarning ilmiy pedagogik salohiyati yuqoriligi, moliyaviy faoliyatining barqarorligi, moddiy-texnika bazasi yetarli darajadaligi, ta’lim xizmatlari bozorida mazkur mutaxassisliklarga talab yuqoriligi inobatga olindi.

Shuningdek, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan OTMlarga bir qator qo‘shimcha vazifalar belgilandi.

Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislarining malakasini oshirish va boshqa pullik xizmatlarni joriy etish shular jumlasidandir.

Qarorga ko‘ra, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan OTMda to‘lov-kontrakti asosida ta’lim olayotgan talabalarning kontrakt to‘lash muddatlari tomonlar kelishuviga ko‘ra shartnoma asosida belgilanadi.

Ma’lumot uchun: Prezidentning 2019-yil 11-iyuldagi qarori bilan 2020- yildan boshlab ayrim OTMlar bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi belgilangan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seven + 14 =