O’zMUDA O‘ZBEK-ISROIL QO‘SHMA FAKULTETIGA QABUL BOSHLANDI

22.06.2020

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetida O’zbekiston-Isroil qo’shma fakultetiga qabul boshlandi.

Yo’nalishlar:

  • 5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari (Computer Science – HIT)
  • 5230200 – Menejment (Technology Management – HIT)
  • 5130200 – Amaliymatematika va informatika (Industrial/Applied Mathematics – HIT)

O‘qish kunduzgi taʼlim shaklida, ingliz tilida Xolon Texnologiyalari Instituti  va O‘zbekiston milliy universitetlari tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi.

O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan bitiruvchilarga yurtimizda va Isroilda tan olinadigan 2 ta: O‘zMU va Xolon Texnologiyalari Institutining diplomlari beriladi.

Ushbu yo‘nalishlarga abituriyentlarni qabul qilishda kirish imtihoni ingliz tili va matematika fanlaridan o‘tkazildi.

Agar siz IELTS (5.5) sertifikatiga ega bo‘lsangiz sizga ingliz tilidan maksimal ball beriladi.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 4-uy, O‘zMU bosh o‘quv binosi, 319-xona.

Maʼlumot uchun telefon: (97)7520283.

admissionuzbekisrael@gmail.com

Manba: https://nuu.uz/uzc/press/news/events/ev-admission/1290

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Elyor
    #1 Elyor 10 Sentabr, 2020, 01:16

    Imtixon sanasi haqida ma’lumot keral edi

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 − two =