PARIJDA FRANSIYA-OʻZBEKISTON UNIVERSITETLARI II FORUMI BOʻLIB OʻTADI 

28.11.2022

Joriy yil 28–30-noyabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida Fransiya-Oʻzbekiston universitetlari II forumi boʻlib oʻtadi. Ushbu forumda ishtirok etish maqsadida hozirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi bir guruh oliy taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Parijda boʻlib turibdi.

Quvonarlisi, ushbu forum shu kunlarda Fransiya poytaxtida har yili anʼanaviy tarzda oʻtadigan “Campus France–2022 uchrashuvlari” doirasida boʻlib oʻtmoqda. Fransiya universitetlaridan 500 ga yaqin rektorlar, ilmiy doira vakillari, professorlar ishtirok etishi koʻzda tutilgan mazkur xalqaro tadbir fransuz oliy taʼlimi va xorijdagi tadqiqotlar jozibadorligini oshirishga yordam beradigan maxsus muloqot maydoni hisoblanadi.

Tashrif doirasida ikki davlat oliy taʼlim sohasi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan bir qator kelishuvlarga erishish hamda yakkama-yakka muloqotlar olib borish, mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari va Fransiya taʼlim maskanlari bilan hamkorlikda madaniy tadbirlar ham oʻtkazish koʻzda tutilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − two =