PEKIN SHAHRIDA O‘ZBEKISTON-XITOY TA’LIM FORUMI O‘Z ISHINI BOSHLADI

22.01.2024

22-yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi o‘z ishini boshladi.

Tadbirni Xitoy Ta’lim vaziri o‘rinbosari Chen Sze, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov ochib berdilar.

 

Plenar yig‘ilishda Ikkinchi Pekin chet tillari universiteti rektori Szi Szinbyao, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov, Shimoliy-Gʻarbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-texnik universiteti rektori Vu Puta nutq so‘zladilar.