Prezident Shavkat Mirziyoyev Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillar instituti kampusi qurilishining borishi hamda Yangi Namanganni barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi.
Institutda jahon tillari fakulteti, 6 ta kafedra va 16 ta ta’lim yo‘nalishi bor. Hozirda ikki bosqichda 1 ming 523 nafar talaba saboq olmoqda. Kelgusi yillarda ularning soni yana ortadi.
Shuning uchun Yangi Namangan shaharchasi hududida 5 gektar joyda oliygoh uchun yangi kampus qurilmoqda.