ENG YAXSHILARI BIZNING MAKONIMIZDA | PROFESSOR AHMAD AL ZUBAIDI BILAN SUHBAT

02.03.2023

Ilm-dunyodagi eng kuchli qurol. Bugungi kunda dunyo bo’ylab ilm istagan talaba yoshlar, undan tashqari malakali ustozlar va professorlar ham turli mamlakatlarda o’z tajribalarini oshirib, boshqa yurtdagi hamkasblari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.

Shuningdek bizning yurtimizda ham Prezidentimiz yaratib bergan keng imkoniyatlar hozirda mamlakatimizning ta’lim tizimining takomillashuvida alohida ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida ham turli davlatlardan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilar va jurnalistlar faoliyat olib bormoqda. Yangicha uslub va qarashlar talaba yoshlarning ta’limga o’zgacha yondashib, qolaversa dars jarayonida malakali ustozlardan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to’la qonli javob olishlari mumkin. Biz ham shunday maqomga ega bo’lgan, yuqori tajribali, o’z ishining ustasi bo’lgan professor va jurnalist Ahmad Al Zubaidi bilan qisqacha suhbat olib bordik. Suhbat davomida talaba yoshlarning darslarga munosabatlari va hamkasblarning o’zaro munosabatlari haqida batafsil to’xtalib o’tdik.

-Assalomu alaykum, Professor, o’zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot bera olasizmi?

-Assalomu alaykum, Va alaykum assalom. Mening ismim Ahmad Al Zubaidi. Professorman. Men O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 3 yildan buyon arab tili o’qituvchisi lavozimida faoliyat yurtib kelaman. Asli Iroqda tug’ilganman, AQSH davlati fuqaroligiga ham egaman.

-Professor, yangi jamoadoshlar bilan ishlash va muhit haqida qanday taasurotlarga egasiz?

-Ochig’ini aytsam, jamoadoshlarimiz bilan bir oiladekmiz. Barcha bir-birini qo’llab quvvatlaydi va tushunadi. Bunday muhit bizning ishimiz samaradorligini oshiradi desak mubolag’a bo’lmaydi.

-O’zbekistonda chet ellik ustozlarga qanday qulayliklar berilgan?

-Bizga, ya’ni, chet ellik professor-o’qituvchilarga, bu yerda yashash uchun ko’pgina qulayliklar  mavjud. Ulardan biri barcha chet ellik ustozlar turar-joy bilan ta’minlanishidir. Sharoitlar juda ajoyib va xonalar yangi jihozlangan. Bunday qulayliklar bizga qishning izg’irini va yozning jaziramasida ham behavotir yashashimizga yordam berdi. Bundan tashqari O’zbekistonda men qarindoshchilik hissini tuyaman va bu menga ona yurtimni eslatadi. Nafaqat madaniy qarashlar, balki diniy tomondan ham yaqinlik his etganim uchun menda bu yurtga nisbatan begonalik hissi yo’q. Yana shuni ta’kidlab o’tish kerakki, oldingi yillarda boshqa yurt vakili bo’lgan o’qituvchilarda O’zbekistonda ishlash imkoniyati mavjud bo’lmagan. Yangi O’zbekiston esa bizga o’z faoliyatimizni mamlakatingizda o’tash imkoniyatini berdi.

-Dars jarayonlari haqida nima deya olasiz,ya’ni ma’lum bir tilni o’rganishda darslarning til egasi bo’lgan o’qituvchidan o’rganishning nima afzalliklari bor?

-Bilasizmi, men buni judayam muhim deb hisoblayman. Chunki arab tilini o’rganish jarayonida ba’zi harflarning talaffuzida ko’pgina talabalar qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shunday vaziyatlarda, til mutaxassisi bo’lgan o’qituvchi ularga to’gri yo’nalish berishi va harflarning talaffuzdagi farqini atroflicha yoritib berishi kerak. Ushbu imkoniyatlar  talabalarning  bilim darajalarini oshirishda va mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi.

-Biz uchun vaqt ajratganingiz uchun rahmat, va sizga kelgusi ishlaringizda kuch-g’ayrat tilab qolamiz.

-Tashrifingiz uchun sizga ham tashakkur va yangi O’zbekistonn va  uning xalqiga sog’lik,kuch-quvvat va yorqin kelajak tilab qolaman.

Suhbat davomida professor janoblaridan ta’limga oid qator savollarimizga javob olishga ham ulgurdik. Ularning o’z kasbiga bo’lgan muhabbati va talaba yoshlarimizning ilmga chanqoq ekanligi kishida havas uyg’otadi.

Egamova Rushana,
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti,
Media va kommunikatsiya fakulteti 2-bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + 7 =