PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR, DOKTORANTLAR, YOSH ILMIY TADQIQOTCHILAR VA TALABALAR DIQQATIGA!

03.04.2020

Research support center (Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi) kompaniyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda respublikamizdagi OTMlarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh ilmiy tadqiqotchilar va talabalarning nashr faolligini oshirishga qulay sharoitlar yaratish maqsadida qator loyihalarni ishlab chiqmoqda.

Loyihalarning maqsadi:

  • ilmiy ish bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh ilmiy tadqiqotchilar va talabalarni qo‘llab-quvvatlash;
  • mavjud ilmiy jurnallar xalqaro talablar bo‘yicha faoliyat yuritishiga va ularni xalqaro indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalariga kiritilishiga ko‘maklashish;
  • tadqiqotchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida, xorijiy yetakchi olimlarni jalb qilgan holda barcha ilm-fan yo‘nalishlariga mos keluvchi yuqori “impact factor”li ilmiy jurnallar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
  • respublika hamda xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, ilmiy-seminarlarni tashkil etish va ilmiy materiallarni chop etishga ko‘maklashish;
  • professional konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;
  • yuqori indekslarga ega ilmiy jurnallarni izlab topishga va ularda ilmiy maqolalarni chop etishga metodik yordam ko‘rsatish;
  • tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini xorijiy tillarga yuqori aniqlikda, professional tarzda tarjima qilishga ko‘maklashish;
  • Proof reading xizmatini joriy etish;
  • har bir soha va tarmoq bo‘yicha statistik, tahliliy ma’lumotlarni shakllantirishga ko‘maklashish.

Yuqoridagi loyihalarda ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi manzillarga murojaat qilishlari mumkin:

http://e-science.uz
https://t.me/researchsupportcenter

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − 2 =