Prokrastinatsiya ustasining ongida

29.07.2019

Prokrastinatsiya ustasining miyasida | Tim Urban

Tim Urban ishlarni ortga surish befoyda ekanini tushunar edi, lekin bu odatdan xolos bo’la olmas edi. Urban ushbu quvnoq nutqida bizga YouTube bo’ylab sayohat, Vikipedia tuzog’i kabilarni misol keltirib, aslida biz qanday qilib vaqtimiz tugamagunicha hech ish qilmasligimiz va bu qanday oqibatlarga olib kelishi haqida gapiradi.

Kanalga a’zo bo’ling: http://www.youtube.com/user/TEDtalksDirector

Uzbek Subtitles:

0:13 – 0:14 Universitetda men

0:15 – 0:17 davlat boshqaruvini o’rgandim.

0:17 – 0:19 Shuning uchun menga ko’p yozma ishlar berishardi.

0:19 – 0:21 Oddiy talabalar buni bajarishda

0:21 – 0:24 ishni quyidagidek taqsimlashadi.

0:24 – 0:25 Demak, tushundingiz…

0:25 – 0:27 Oz-ozdan boshlaysiz,

0:27 – 0:29 Birinchi hafta

0:29 – 0:31 xuddi shunday hajmda yozasiz.

0:31 – 0:32 Keyin ishni yanada tezlashtirib,

0:32 – 0:35 so’ngida o’z vaqtida topshirish uchun.

0:35 – 0:36 (Kulgu)

0:36 – 0:38 Men ham doim shunday qilishni xohlaganman.

0:38 – 0:39 Shunday rejalashtirganman.

0:39 – 0:42 Shunday ham bo’lganki, men deyarli ishni boshlardimu

0:42 – 0:44 keyin hammasi birdan o’z-o’zidan buzilib ketardi.

0:44 – 0:46 Keyin mana bunday holat yuzaga kelardi.

0:46 – 0:49 (Kulgu)

0:49 – 0:51 Doim shunaqa bo’laverardi.

0:52 – 0:56 Keyin esa 90 betlik diplom ishini yozish vaqti keldi.

0:56 – 0:58 g’oyasi bo’yicha unga bir yil ajratilardi.

0:58 – 1:01 Biroq diplom ishi uchun bu yondashuvim ish bermaydi deya fikrlay boshladim.

1:01 – 1:03 Bu juda katta proyekt.

1:03 – 1:04 Hammasini rejalashtirib,

1:04 – 1:07 quyidagicha ish tutishga qaror qildim.

1:08 – 1:09 Bu mening bir yillik rejam.

1:09 – 1:11 Behazil, boshlayman, dedim o’zimga.

1:11 – 1:14 O’rtasiga yaqin tempni oshiraman,

1:14 – 1:16 oxirroqda esa yanada tezlashaman.

1:16 – 1:18 Shunday zinapoya kelib chiqdi.

1:18 – 1:20 Zinama-zina ko’tarilish – oddiy!

1:20 – 1:22 Juda oson, to’g’rimi?

1:23 – 1:25 Lekin keyin qiziq narsa yuz berdi.

1:25 – 1:26 Dastlabki oylar

1:27 – 1:28 kelishdi va ketishdi,

1:28 – 1:30 men xatto boshlaganim ham yo’q.

1:30 – 1:31 Shuning uchun yangi reja paydo bo’ldi.

1:31 – 1:33 Aniqroq.

1:33 – 1:34 Keyin esa…

1:34 – 1:36 (Kulgu)

1:36 – 1:39 Ketidan o’rtadagi oylar ham o’tib ketdi.

1:39 – 1:41 Men esa yozishni boshlamadim ham.

1:41 – 1:43 Shunday jarayon…

1:44 – 1:46 Keyin esa ikki oy bir oyga aylandi,

1:46 – 1:48 keyin ikki haftaga.

1:48 – 1:49 Bir kuni uyg’onsam,

1:50 – 1:52 topshirish kunigacha uch kun qolgan.

1:54 – 1:55 Menda birorta so’z ham yozilmagan.

1:55 – 1:58 Shuning uchun men yagona yo’lni tanladim:

1:58 – 2:00 90 ta betni 72 soatda yozdim.

2:00 – 2:02 Bittamas, ikkita to’liq tunni uyqusiz o’tkazib.

2:02 – 2:05 Inson uchun ikkita ketma-ket uyqusiz tun juda zarar.

2:06 – 2:08 Butun kampus bo’ylab yugurib bordim,

2:08 – 2:10 sekinlashtirilgan kadrdagidek.

2:10 – 2:12 Oxirgi soniyalarda topshirishga ulgurdim.

2:12 – 2:14 Endi hammasini qutuldim deb o’ylagan edim.

2:14 – 2:16 Lekin bir hafta o’tib qo’ng’iroq chalindi,

2:16 – 2:17 universitetdan qo’ng’iroq qilishdi.

2:18 – 2:19 So’rashdi: «Tim Urban?»

2:19 – 2:21 Javob berdim: «Xa».

2:21 – 2:23 Ular: «Siz bilan diplom ishingizni muhokama qilishimiz kerak».

2:23 – 2:25 «Yaxshi», – dedim.

2:25 – 2:27 Ular davom etishdi:

2:27 – 2:29 «Bu xotiramizdagi eng zo’r diplom ishi».

2:29 – 2:31 (Kulgu)

2:32 – 2:35 (Qarsaklar)

2:37 – 2:38 Afsuski, unaqa bo’lmadi.

2:38 – 2:40 (Kulgu)

2:40 – 2:43 Diplom ishi juda-juda yomon edi.

2:43 – 2:45 (Kulgu)

2:45 – 2:49 Men faqat bu lahzadan rohatlangim keldi, men haqda

2:50 – 2:51 «Barakalla, qoyil! Yashavor!» deganlaringizda.

2:51 – 2:53 (Kulgu)

2:53 – 2:54 Yo’q, diplom ishi foydasiz edi.

2:55 – 2:59 Mana, hozir esa men yozuvchi va blogerman.

2:59 – 3:01 Mening blogim Wait But Why deb nomlanadi.

3:01 – 3:04 Ikki yil oldin men prokrastinatsiya haqida yozishga qaror qildim.

3:04 – 3:08 Mening harakatlarim atrofimdagi prokrastinator bo’lmaganlarni doim o’ylantirardi.

3:08 – 3:11 Va men butun dunyoga shu narsani sibotlagim keldiki,

3:11 – 3:13 prokrastinatorlarning miyasida nimalar kechadi,

3:13 – 3:15 nega biz bunaqamiz.

3:15 – 3:16 Menda shunday teoriya bor edi,

3:16 – 3:18 prokrastinatorning miyasi aslida

3:18 – 3:21 boshqalarnikiga qaraganda farq qiladi deb o’ylardim.

3:22 – 3:24 Buni tekshirish uchun men MRTga bordim.

3:24 – 3:26 U yerda meni va sinalgan, prokrastinator bo’lmagan

3:26 – 3:29 insonni miyasini skanerlashdi.

3:29 – 3:30 Taqqoslash uchun.

3:31 – 3:33 Men sizlarga ko’rsatish uchun natijalarni olib keldim.

3:33 – 3:35 Yaxshilab qarang: farqni ko’ra olasizmi.

3:35 – 3:38 Bilaman, sizlarni bunga o’rgatishmagan,

3:38 – 3:41 buni ko’ra olish osonmas – shundayam harakat qilib ko’ring.

3:41 – 3:43 Bu prokrastinator bo’lmagan insonning miyasi.

3:44 – 3:46 (Kulgu) [Ratsional inson]

3:46 – 3:47 Mana bu esa…

3:48 – 3:50 mening miyam.

3:50 – 3:53 (Kulgu)
[Lahzali zavqlanishni talab qiluvchi maymun]

3:56 – 3:57 Farq katta.

3:58 – 4:00 Undayam, bundayam ratsional inson bor.

4:00 – 4:02 Lekin prokrastinatorning miyasida

4:02 – 4:05 lahzali zavqlanishni talab qiluvchi maymun ham yashaydi.

4:05 – 4:07 Prokrastinator uchun bu qanday yakun topadi?

4:07 – 4:10 Quyidagi holat yuz bermagunicha hammasi yaxshi.

4:10 – 4:12 [Ishlashning ayni vaqti.] 
[Yo’q!]

4:12 – 4:15 Ratsional inson ratsional qarorlar chiqaradi.

4:15 – 4:17 Unumli ishlash…

4:17 – 4:19 Lekin maymunchaga bu reja yoqmaydi.

4:19 – 4:21 U shturvalni o’z qo’liga oladi

4:21 – 4:24 va shunday deydi: «Yaxshisi, Vikipediyani o’qiymiz,

4:24 – 4:26 Nensi Kerrigan va Tonya Harding o’rtasidagi mojaro haqida,

4:26 – 4:28 negadir birdan ular esimga tushib qoldi».

4:28 – 4:29 (Kulgu)

4:29 – 4:30 Keyin…

4:30 – 4:32 (Kulgu)

4:32 – 4:34 Keyin biz muzlatgich yoniga boramiz,

4:34 – 4:36 xuddi oxirgi 10 daqiqa ichida u yerda nimadir o’zgargandek.

4:37 – 4:39 Keyin esa bizni YouTube girdobiga tortib ketadi:

4:39 – 4:42 Richard Faynmanning magnitlar haqidagi suhbatidan boshlaymiz,

4:42 – 4:45 va katta yo’l bosib o’tilgach bu jarayonni

4:45 – 4:47 Jastin Biberning onasi ishtirokidagi intervyu bilan yakunlaymiz.

4:47 – 4:49 (Kulgu)

4:49 – 4:51 Bu juda katta vaqt oladi.

4:51 – 4:55 Shuning uchun ishlashga vaqt ajratish bizda deyarli o’xshamaydi.

4:55 – 4:56 Meni kechir…

4:56 – 4:57 (Xo’rsinadi)

4:58 – 5:02 Xo’sh, aslida nima yuz beradi?

5:03 – 5:06 Maymuncha – rulni boshqarish uchun

5:06 – 5:07 yaxshi kandidat emas.

5:07 – 5:09 U hozirgi vaqt bilan yashaydi.

5:09 – 5:12 U o’tmishni eslamaydi va kelajakni bilmaydi.

5:12 – 5:14 Uni faqat ikkita narsa qiziqtiradi:

5:14 – 5:16 hammasi oddiy va quvnoq bo’lishi kerak.

5:16 – 5:19 Hayvonot olamida bu zo’r ishlaydi.

5:19 – 5:21 Agar siz it bo’lsangiz,

5:21 – 5:24 butun umringizni faqat quvnash bilan o’tkazsangiz,

5:24 – 5:25 siz juda muvaffaqiyatli itsiz!

5:25 – 5:27 (Kulgu)

5:27 – 5:29 Maymuncha uchun

5:30 – 5:32 insonlar ham xuddi shunday jonivor.

5:32 – 5:37 Uning fikricha siz yaxshigina uxlab olishingiz, ovqatlanib olishingiz va ko’payishingiz kerak.

5:37 – 5:39 Bu albatta g’orda yashash davrida ish berardi.

5:39 – 5:42 Xali payqamagan bo’lsangiz — biz endi g’orlarda yashamaymiz.

5:42 – 5:46 Biz bu rivojlangan sivilizatsiyamiz, maymunchaning esa bundan umuman habari yo’q.

5:46 – 5:48 Shuning uchun, miyamizda yana bir personaj bor:

5:48 – 5:51 ratsional insoncha.

5:51 – 5:54 Boshqa jonivorlar qila olmaydigan ishlarni bajara oladigan,

5:54 – 5:56 kelajakni tasavvur qila oladigan,

5:56 – 5:57 to’liq kartinani ko’ra oladigan,

5:57 – 5:59 uzoq rejalar tuza oladigan,

5:59 – 6:01 va bularni nazorat qilishni xoxlaydigan ratsional inson.

6:02 – 6:04 U xoxlaydiki, biz aynan hozir ma’no

6:04 – 6:07 anglatadigan ishni bajarishimizni. Hozir.

6:07 – 6:08 Albatta ba’zan oson, yoqimli

6:08 – 6:10 bo’lgan ishlarni qilishda ham ma’no bor.

6:10 – 6:12 Masalan, ovqatlanish yoki uxlash,

6:12 – 6:14 yoki o’zingizga loyiq holda dam olish.

6:14 – 6:16 Shuning uchun ba’zan maqsadlar

6:16 – 6:18 tutashishadi: ba’zan maymuncha va

6:18 – 6:20 ratsional insonning maqsadi bir xil bo’ladi.

6:20 – 6:24 Lekin ba’zida qiyin va o’zimizga yoqmaydigan ishlar

6:24 – 6:26 bizga ko’proq foydalidir.

6:26 – 6:27 Va aynan shunda konflikt yuzaga keladi.

6:28 – 6:29 Prokrastinator uchun

6:29 – 6:32 bu konflikt doim bir xil yakun topadi:

6:32 – 6:36 u ko’p vaqtni to’q sariq zonada sarflaydi.

6:36 – 6:40 U yerda hammasi oson, zavqli, va ratsionallik doirasidan tashqarida.

6:40 – 6:42 Men buni Yovuz o’yin maydonchasi deb atayman.

6:42 – 6:44 (Kulgu)

6:44 – 6:47 Yovuz o’yin maydonchasi.

6:47 – 6:50 Barcha prokrastinatorlarga juda yaxshi tanish.

6:51 – 6:53 U yerda barcha o’yin-kulgu aynan

6:53 – 6:56 o’yin-kulguni vaqti emas, bandlik yuqori bo’lgan paytda bo’ladi.

6:56 – 6:58 Yovuz o’yin maydonchaning o’yin-kulgusi

6:58 – 7:01 aslida hech qanday o’yin-kulgu emas,

7:01 – 7:04 siz o’zingizda aybdorlik hissi, qo’rquv va o’zingizga bo’lgan nafratni his qilasiz.

7:04 – 7:06 Barchasi prokrastinatorning ajoyib yo’ldoshlari.

7:07 – 7:10 Maymuncha shturvalda turgan bir paytda asosiy savol:

7:10 – 7:14 prokrastinator qanday qilib o’zini ko’k zonaga o’tkazishi kerak?

7:14 – 7:17 U yerda unchalik yoqimli emas, lekin eng muhim ishlar ham o’sha yerda amalga oshadi.

7:17 – 7:22 Aslida, prokrastinatorlarda qutqaruvchi-farishta bor ekan,

7:22 – 7:25 u doim orqamizdan kuzatadi,

7:25 – 7:27 eng qiyin paytda paydo bo’ladi

7:27 – 7:29 — uning ismi Vahimali Mahluq.

7:29 – 7:32 (Kulgu)

7:34 – 7:39 Bu mahluq ko’pincha uyquda yotadi,

7:39 – 7:43 lekin berilgan vaqt tugayotganda birdan uyg’onib ketadi, yoki sizni

7:43 – 7:45 ommaviy sharmandalik kutayotgan bo’lsa.

7:45 – 7:48 Ishdagi muvaffaqiyatsizlik yoki boshqa oqibatlar.

7:48 – 7:52 Shunisi muhimki, Mahluq – bu maymuncha juda qattiq qo’rqadigan yagona jonzotdir.

7:52 – 7:57 Oxirgi paytlarda menda u bilan juda ko’p narsa bog’liq.

7:57 – 8:00 Chunki, 6 oy oldin meni

8:00 – 8:02 TED da nutq qilish uchun taklif qilishdi.

8:02 – 8:04 (Kulgu)

8:07 – 8:09 Albatta men rozi bo’ldim.

8:09 – 8:13 Doim orqaga, o’tmishimga qarab, TED da qanday gapirganimni eslashni xohlar edim.

8:13 – 8:17 (Kulgu)
[Bir paytlar men TED da nutq qilganman.]

8:17 – 8:21 (Qarsaklar)

8:24 – 8:26 Lekin shunday bir quvonchli lahzada

8:26 – 8:29 ratsional insonni bir narsa xavotirga solar edi.

8:30 – 8:32 U shunday derdi: «Biz nimaga rozi bo’lganimizni tushunayapmizmi?

8:32 – 8:35 Ertaga nima bo’lishini bilamizmi?

8:35 – 8:38 Hozir o’tirib shuning ustida bosh qotirishimiz kerak».

8:38 – 8:41 Maymuncha esa: «Butunlay qo’shilaman, hozircha esa Google Earthni ochamiz,

8:41 – 8:44 Hindistonning janubini 60 metr balandlikdan kuzatamiz,

8:44 – 8:48 va to shimoligacha borguncha yarim soat sarflaymiz,

8:48 – 8:50 axir Hindistonni yaxshi o’rganishimiz kerakku».

8:50 – 8:54 (Kulgu)

8:55 – 8:57 O’sha kuni biz aynan shu ish bilan shug’ullandik.

8:57 – 8:59 (Kulgu)

9:01 – 9:05 Olti oy 4 oyga aylandi, keyin 2, keyin bir — TED tashkilotchilari

9:05 – 9:08 nutq qiluvchilarning ro’yxatini e’lon qilishdi.

9:08 – 9:10 Men saytga kirdim va o’zimni suratimni ko’rdim,

9:10 – 9:12 menga shunday qarayotgandi.

9:12 – 9:13 Topingchi, keyin kim uyg’ondi?

9:13 – 9:16 (Kulgu)

9:17 – 9:20 Vahimali Mahluq esidan og’ayotgandek edi,

9:20 – 9:23 bir sekund o’tgach shunday tartibsizlik boshlandi.

9:23 – 9:25 (Kulgu)

9:28 – 9:31 Maymuncha, eslataman, mahluqdan o’lgudek qo’rqadi.

9:31 – 9:32 Tezda palmaga chiqadi.

9:32 – 9:33 Nihoyat

9:33 – 9:36 Ratsional inson shturvalni o’z qo’liga oladi,

9:36 – 9:37 va men ishlashni boshlayman.

9:37 – 9:40 Vahimali Mahluqning paydo bo’lishi

9:40 – 9:43 prokrastinatorlarning barcha ahmoqliklarini izohlaydi.

9:43 – 9:46 Masalan, menga o’xshash kimdir ishga kirishishni

9:46 – 9:49 ikki haftaga orqaga suradi,

9:49 – 9:52 keyin esa qandaydir mo’jiza unda ishga chanqoqlik uyg’otadi.

9:52 – 9:55 Va u tuni bilan uxlamasdan sakkizta bet yozadi.

9:56 – 9:59 Bu uchta personalj haqidagi butun voqelik —

9:59 – 10:01 prokrastinatorning ishlash sxemasidir.

10:02 – 10:06 Unchalik yoqimli emas, lekin bu ishlaydi.

10:06 – 10:10 Mana o’z blogimda ikki yil oldin nima haqida yozishga harakat qilgandim.

10:10 – 10:13 Bu ishni qilganimdan keyin esa sharhlar meni hayron qoldirdi.

10:13 – 10:15 Mingga yaqin xabar oldim.

10:15 – 10:18 Dunyo bo’ylab turli xil insonlardan,

10:18 – 10:19 har xil kasb egalari:

10:19 – 10:22 hamshira, bankir, rassom, muhandis,

10:22 – 10:25 va juda ko’pchilik aspirantlardan.

10:25 – 10:27 (Kulgu)

10:27 – 10:29 Va ularning hammasi bir gap aytishardi:

10:29 – 10:31 «Menda ham shunday muammo».

10:31 – 10:35 Lekin meni hayron qoldirgani postning yengilligi va

10:35 – 10:37 bu xabarlarning jiddiyligi orasidagi farq.

10:37 – 10:40 Odamlar tushkun kayfiyatda edi,

10:40 – 10:43 prokrastinatsiyaning ularni hayotiga ta’siri,

10:43 – 10:45 maymunchaning qilgan ishlaridan.

10:47 – 10:50 Men o’ylanib qoldim:

10:50 – 10:53 agar prokrastinatorlarning sxemasi ish bersa, muammo nimada?

10:53 – 10:56 Nimaga bu insonlar shunchalik tushkun kayfiyatda?

10:56 – 10:59 Aslida, prokrastinatsiyaning ikkita turi bor ekan.

11:00 – 11:03 Bugun keltirgan hamma misollarim, gapirganlarimda

11:03 – 11:04 aniq bir muddat mavjud.

11:04 – 11:05 Muddat qo’yilganda esa

11:05 – 11:08 prokrastinatsiyaning ta’siri vaqt bilan chegaralangan —

11:08 – 11:10 Vahimali Mahluqqa rahmat.

11:10 – 11:12 Lekin prokrastinatsiyaning boshqa turi ham bor,

11:12 – 11:15 hech qanday muddat bo’lmaganda.

11:15 – 11:18 Karyerangizni qurishni xohlaysiz, shaxsiy ishingizni ochishni,

11:18 – 11:20 ijod qilish yoki biznes boshlashni,

11:20 – 11:23 ularda muddat yo’q, chunki siz o’zingiz ishlashni boshlamaguningizcha,

11:24 – 11:26 ishingiz iziga tushib ketmaguncha

11:26 – 11:27 hech narsa yuz bermaydi.

11:27 – 11:31 Karyeradan tashqari aniq bir muddati bo’lmagan

11:31 – 11:32 yana boshqa muhim narsalar ko’p.

11:32 – 11:35 Masalan, ota-onangizni ko’rishga borish, sport bilan shug’ullanish,

11:35 – 11:37 munosabatlarni mustahkamlash

11:37 – 11:40 yoki ularni yakunlash, bu sizni holdan toydirgan bo’lsa.

11:40 – 11:45 Agar prokrastinator uchun muhim vazifalarni bajarishning yagona yechimi —

11:45 – 11:47 mahluqning yordami bo’lsa, bu katta muammo.

11:47 – 11:49 Chunki, muddatsiz holatlarda

11:49 – 11:51 hech qanday mahluq yordamga kelmaydi.

11:51 – 11:53 U uyg’onmaydi.

11:53 – 11:55 Bu holatda prokrastinatsiya umuman chegaralanmaydi,

11:55 – 11:57 hammasi orqaga surilib boraveradi.

11:58 – 12:01 Aynan shunday uzoq muddatli prokrastinatsiyaga

12:01 – 12:04 kamdan-kam holatlarda e’tibor beriladi va kam muhokama qilinadi.

12:04 – 12:07 Yakuniy muddati bo’lgan prokrastinatsiya ko’proq qiziq ko’rinadi.

12:07 – 12:10 Muddatsiz prokrastinatsiya tinch va sezilmas azobdir.

12:11 – 12:12 U uzoq muddatli azoblar

12:12 – 12:16 va afsuslar o’chog’iga aylanishi mumkin.

12:17 – 12:19 Menimcha, aynan shu sabab ushbu insonlar menga yozishgan.

12:19 – 12:22 Shu sabab ular shunchalik tushkunlikda edi.

12:22 – 12:25 Ularning muammosi shoshilinch va majburiy vazifalar emas,

12:25 – 12:27 muammo — hayoti qanday o’tib ketayotganini kuzatishga

12:27 – 12:28 majbur qilayotgan

12:28 – 12:30 davomiy prokrastinatsiya.¶

12:31 – 12:34 Ular orzularini amalga oshira olmaganidan emas,

12:34 – 12:37 ularga erishishga harakat qilishni boshlay olmaganlaridan tushkunlikda.

12:37 – 12:41 Bu xabarlarni o’qib, men birdan shuni tushundim:

12:42 – 12:46 aslida prokrastinator emas insonni o’zi yo’q.

12:46 – 12:49 Xa, hammangiz prokrastinatorsizlar deb hisoblayman.

12:50 – 12:52 Balki unchalik beparvomasdirsizlar,

12:52 – 12:53 ko’pchiligimizga o’xshab,

12:53 – 12:55 (Kulgu)

12:55 – 12:58 ko’pchiligingiz esa muddatlarga jiddiy yondashasizlar.

12:58 – 13:01 Lekin bilingki, maymunchaning eng makkor xiylasi

13:01 – 13:02 muddat bo’lmaganda amalga oshadi.

13:03 – 13:05 So’ngida yana bir narsa ko’rsatmoqchiman.

13:05 – 13:08 Men buni hayot kalendari deb atayman.

13:08 – 13:13 Bunda 90-yillik hayot aks etgan va har bir hafta uchun bittadan kvadrat.

13:13 – 13:15 Kvadatlar unchalik ko’p emas,

13:15 – 13:18 uni ham ko’pchilik qismini sarflashga ulgurgansiz.

13:19 – 13:24 Bu kalendarga yaxshilab nazar solishimiz kerak.

13:25 – 13:28 Aslida nimalarni ortga surayotganimizni o’ylashimiz kerak.

13:28 – 13:31 Bu narsa har birimizni hayotimizda yuz beradi.

13:33 – 13:36 Lahzali zavqni talab qiladigan maymuncha haqida o’ylang.

13:37 – 13:40 Bu vazifa hammamiz uchun.

13:41 – 13:43 Kvadratlarning unchalik ko’p emasligi uchun ham

13:43 – 13:45 aynan bugundan boshlashimiz kerak.

13:45 – 13:48 Balki… bugunmasdir…

13:48 – 13:50 (Kulgu)

13:50 – 13:51 O’zingiz tushunasiz.

13:52 – 13:53 Qachondir keyin.

13:53 – 13:54 Rahmat

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × four =