PUATIE UNIVERSITETI BILAN ERASMUS+ DASTURLARI BO‘YICHA YANGI LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHGA KELISHILDI

27.04.2022

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Fransiya Respublikasi oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Mavjud xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash maqsadida 25-aprel kuni Fransiyaning Puatie universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti mas’ullari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fransiyalik mehmonlar safida Puatie universiteti dotsenti Licia Bagini ishtirokidagi vakillar, o’zbekistonlik mezbonlar safida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi mezbonlar bo’lishdi.

Uchrashuv davomida Erasmus+ dasturlari bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirish, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlar tashkil etish, professor-o’qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, ular uchun stajirovkalarni amalga oshirish kabilar yuzasidan hamkorlik aloqalarini olib borishga kelishildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen + 9 =