“PUBLIC RESEARCH INSTITUTES MODERNIZATION (PRIM)” TANLOV GRANT DASTURI ISHGA TUSHIRILDI

02.08.2024

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Jahon banki “MUNIS” loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan davlat ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant dasturi e’lon qilindi.

PRIM dasturi maqsadi – ilmiy tashkilotlar salohiyatini oshirish va ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) sektori, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini institutsional rivojlantirish.

Dastur doirasida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlar:

1-komponent: Ilmiy infratuzilmani takomillashtirish;
2-komponent: Kadrlar salohiyatini oshirish;
3-komponent: Strategik rejalashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish;
4-komponent: Bilimlarni o‘rganish va almashish tadbirlarini tashkil etish;
5-komponent: Ilm-fan va biznes sohalari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish;
6-komponent: Targ‘ibot ishlari va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish

Grant summasi – 1 ta davlat ilmiy tashkiloti uchun $200 000 gacha;

Ariza topshirishning oxirgi muddati – 20.09.2024-y.

Batafsil ma’lumot.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × two =