“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” SHIORI OSTIDA TADBIRLAR TASHKILLASHTIRILDI

20.10.2023

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5-oktyabrdagi “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kunini keng nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 179-son bayonining 20-bandida “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida ommaviy diktant hamda “Til bilimdonlari” intellectual o‘yinlari tashkil etish choralarini ko‘rish” vazifasi belgilangan.

Mazkur bayonning ijrosini taminlash maqsadida O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 21-oktyabr—O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida talaba yoshlar o‘rtasida ommaviy diktant hamda “Til bilimdonlari” intellectual o‘yinlari tashkil etildi.

Dastlab kunning birinchi yarmida tashkil etilgan diktantlar tanlovida teleradio yo‘nalishi talabasi Hikmatullayev Ma’ruf 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sirtqi bo‘lim Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasi Mahammadiyeva Nigora 2-o‘rinni, Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabasi Dehqonova Zarnigor esa 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Shundang so‘ng “Til bilimdonlari” intellectual o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda ishtirok etgan elimiz suygan yozuvchilaridan biri Bahodir Qobulov va universitetning notiqlik san’ati fani o‘qituvchisi Jamoliddin Abdullayev o‘zlarining otashin so‘zlari va ijod namunalari bilan  qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyatini baxsh etishdi. Tadbirda yozuvchi talabalarni o‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklab, o‘zbek tilining boy tarixi, xususan, Mahmud Qoshg`ariy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi buyuk bobokalonlarimizning ona tilimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng 50 dan ortiq talabalar ishtirokida “Til bilimdonlari” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bu intellektual o‘yin boshqa aqliy o’yinlardan farq qilib, o’zbek tili va adabiyotiga oid savollarga har bir ishtirokchi birinchilardan bo’lib, tezkorlik bilan to’g’ri javob berishni talab qildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 + thirteen =