QO‘NG‘IROTBOY SHARIPOV VA AGOSTINO PINNA O‘ZBEKISTON-ITALIYA TA’LIM FORUMINI O‘TKAZISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDILAR

24.06.2024

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Agostino Pinna o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli hamkorlik masalalari, xususan O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumini tashkil etishga oid masalalar batafsil muhokama qilindi.

Shu bilan birga, vazir Q.Sharipov ta’lim va ilm-fan sohasida kelgusi va uzoq muddatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Talabalar almashinuvi, italyan tili o‘qituvchilari va ta’limning turli yo‘nalishlari (ayniqsa muhandislik va texnika fanlari) bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × one =