QORAQALPOG‘ISTON MAKTABLARIDA KEMBRIJ O‘QUV DASTURLARI JORIY ETILADI

30.07.2024

Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Kojabaeva boshchiligidagi ishchi guruh Britaniyaga bo’lgan tashrifi davomida Britaniyaning Kembrij universiteti va uning huzuridagi ta’lim tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini muhokama etdi.

Qoraqalpog‘iston maktablarida Kembrij o‘quv dasturini joriy etish va xalqaro standartlarni qabul qilish orqali ushbu hududda o‘qitish va ta’lim sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi hamda «Cambridge Assessment International Education» tashkiloti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five + 14 =