QO’SHMA GRANTLARNI MOLIYALASHTIRISH UCHUN OCHIQ STIPENDIYA TANLOVI

14.04.2022

Fransiya elchixonasi, Samriѕ France va «El-yurt umidi» jamg’armasi o’rtasidagi qo’shma grantlarni moliyalashtirish uchun 50 o’ringa mo’ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e’lon qiladi.

«El-yurt umidi» jamg’armasi 2022-2023-o’quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

  • bakalavriat ta’lim dasturi uchun 10 nafar,
  • magistratura ta’lim dasturi uchun 30 nafar,
  • doktorantura ta’lim dasturi uchun 10 nafar stipendiyalar ajratishini ma’lum qiladi.

Hujjat qabul qilinishi va keyingi bosqichlar haqida ma’lumot:

* Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar «El-yurt umidi» jamg’armasining onlayn platformasi orqali elektron shaklda topshiriladi. Hujjatlar 2022-yilning 15-martidan – 15-mayga qadar davom etadi.

* Nomzodlarning o’zbek, fransuz va ingliz tillarini bilish darajasini baholash «El-yurt umidi» jamg’armasi va Campus France ning tegishli mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli xorijiy tillarni bilish darajasi CEFR B2.

* Grant sohiblarini tanlashda ikki asosiy yo’nalish bo’yicha joriy yilning may-iyun oylarida suhbat o’tkaziladi: motivatsiya va mutaxassislik bo’yicha bilim darajasi.

* O’qish joriy yilning sentabr oyidan boshlanadi.

Saralash tanloviga oid barcha ma’lumotlarni «El-yurt umidi» jamg’armasining www.eyuf.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg’armaning onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admissionfrance.eyuf.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × four =