QO’SHMA TA’LIM DASTURI BITIRUVCHILARIGA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI

19.07.2023

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining faollar zalida Moskva davlat lingvistika universiteti (MDLU) va O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti o’rtasida amalga oshirilayotgan qo’shma ta’lim dasturining birinchi bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, Rossiyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Malginov Sergey Olegovich, MDLU rektori Krayeva Irina Arkadievna va «Россотруничество» vakillari qatnashdilar.

Tadbirni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Bahrom Kulmatov ochib berdi.

Bitiruvchilarga ushbu muvafaqqiyat bilan Malginov Sergey Olegovich va Krayeva Irina Arkadevna qutlaganidan so’ng tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

Tadbir so’ngida ustozlar va bitiruvchilarning ota-onalari birinchi qaldirg`ochlarga dil so’zlarini bildirib, kelajakdagi faoliyatlariga muvafaqqiyatlar tilashdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × three =