RAYYONA IBROHIMOVA NEMIS TILI BO‘YICHA BUTUNJAHON OLIMPIADASIDA OLTIN MEDALNI QO‘LGA KIRITDI
24.07.2024Germaniyaning Gyottingen shahrida 15–22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasining g‘oliblari aniqlandi.
Olimpiada Oltin medaliga bir yo‘la uch qatnashchi loyiq topildi:
– Rayyona Ibrohimova (O‘zbekiston);
– Mahek Xon (Bangladesh);
– Ana Kotevska (Shimoliy Makedoniya).
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Buyuk Britaniya maktablari o‘quvchilariga nasib etdi.
Ma’lumot uchun: Berlindagi Gyote instituti ma’lumot berishicha, olimpiada finalida 62 mamlakatdan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ziyod ishtirokchi kurash olib borgan.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.