RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI: “YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR HAYOTI SIFATINI OSHIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR”
12.05.2021Joriy yilning 25-iyunida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamda Respublika yosh olimlar Kengashi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda yoshlar hayoti sifatini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.
Konferensiyada ko‘riladigan masalalar:
- 1-yo‘nalish: Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirishning dolzarb masalalari;
- 2-yo‘nalish: Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash muammolari;
- 3-yo‘nalish: Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda “mahallabay” ishlash tizimining o‘rni;
- 4-yo‘nalish: Yoshlar o‘rtasida oilaviy ajrimlar va ularning oldini olish muammolari.
Maqola muddati : 25-may, 2021-yil.
Platforma : Zoom
Batafsil ma’lumotlar Axborot xatida
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.