RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA: “MEDIAKOMMUNIKATSIYA VA PR: YANGI TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR”

20.04.2021

2021-yil 17-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “Mediakommunikatsiya va PR: yangi texnologiyalar va zamonaviy yondashuvlar” mavzuidagi respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiyada soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchi, katta ilmiy xodim hamda mustaqil izlanuvchilar, magistr va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin. Materiallar to‘plam holida nashr etiladi.

Anjumanda mavzuning quyidagi yo‘nalishlarini qamrab olish ko‘zda tutiladi:
• Yo‘nalishi – jurnalistika;
• Maqsadi – mediakommunikatsiya va public relations sohalarida bo‘layotgan o‘zgarishlar, zamonaviy yondashuvlar va yangi texnologiyalarni tadqiq etish, mamlakat va tashkilotlar imijini yaratishda PRning rolini aniqlash, zamonaviy mediakommunikatsiyalarning taraqqiyot tendensiyalari, istiqbol rivojini belgilashdan iborat.
• Vazifalari:
– Mediakommunikatsiya va PR sohalarida yangi tendensiyalarni tadqiq etish;
– Mediakommunikatsiyaning global va milliy kontekstlarini tahlil qilish;
– PRning dolzarb muammolari haqida tasavvurni shakllantirish;
– Mediakommunikatsiya va PRning aloqadorlik jihatlarini asoslab berish;
– Mediakommunikatsiyaning raqamli formatlarini o‘rganib chiqish;
– Mediakommunikatsiya va PR transformatsiyasiga zamonaviy yondoshuvlarni tadqiq etish;
– Mediakommunikatsiya va PRning taraqqiyot tendensiyalari rivojida yangi texnologiyalarning o‘rni va ularni o‘zlashtirishning ahamiyatini ilmiy jihatdan o‘rganish.

Ilmiy maqolalar – 2021-yil 10-maygacha qabul qilinadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten + fourteen =