REZYUME YOZISH UCHUN TAVSIYALAR VA JAHONNING NUFUZLI UNIVERSITETI MUTAXASSISLARIDAN FOYDALI MASLAHATLAR

09.06.2022

REZYUME – bo’lajak xodimni tanlashdagi muhim hujjat hisoblanadi. Uning qay tartibda yozilgani va asosiy urg’u nimalarga berilgani xodim tanlashda eng asosiy ahamiyat kasb etuvchi omillardan sanaladi. Shunday ekan, biz sizlar bilan rezyume yozishda amal qilish lozim bo’lgan qoidalar va jahonning nufuzli universitetlari mutaxassislarining tavsiyalari bilan bo’lishamiz.

UMUMIY MASLAHATLAR

Hujjatingizni qaysi tashkilot yoki vakansiyaga topshirishingizga qarab o’z rezyumelaringiz biroz bir-biridan farqli bo’lishi maqsadga muvofiq. E’lon qilingan vakansiya uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarnigina rezyumeingizga kiriting. Shu jihatiga e’tiborli bo’lingki, ish beruvchi uchun siz haqingizdagi har qanday ma’lumot ham zarur emas, shunday ekan, ish beruvchi uchun foyda beradigan ma’lumotlargina rezyumeingizdan joy olsin.

O’z yutuqlaringiz haqida yozing. O’z bilim va ko’nikmalaringiz ro’yxatini berishdan ko’ra rezyumega avvalgi ishingizda qanday yutuqlarga erisha olganingiz haqidagi ma’lumotni kiriting. Iloji bo’lsa, yutuqlaringizni raqamlarda ko’rsating. Masalan, avval siz savdo-sotiq bilan shug’ullangan bo’lsangiz, bu haqida oddiygina ma’lumot kiritishdan ko’ra, siz tufayli savdo-sotiq qanchaga oshganini statistika sifatida keltirganingiz samaraliroq bo’ladi.

Jamoangizdagi rolingiz va o’z ishingiz haqida yozing. Har doim «biz»ni yozishga hojat yo’q, har doim «men»ni yozishga odatlaning. Shaxsiy va birgalikdagi yutuqlarnilohida-alohida belgilang. Birgalikda ishlash haqida gap ketganda, jamoada qanday rol o’ynaganingizni yozing.

GARVARD UNIVERSITETIDAN TAVSIYALAR

Universitet rezyumeni yozadiganlar uchun maxsus shakl tayyorlagan. Universitet mutaxassislari fikriga ko’ra, ideal CV quyidagicha bo’lishi kerak:

  • Ideal CV 15-30 soniya ichida ish beruvchida siz haqingizda taassurot qoldira olishi kerak;
  • Uni o’qib bo’lgach, ish beruvchi sizni darhol kasb intervyusiga chaqirishi lozim;
  • Rezyume sizni boshqa nomzodlardan alohida kasbiy sifatlaringiz va kuchli tomonlaringiz bilan ajratib tura olishi maqsadga muvofiqdir;
  • Rezyumeda sizning ixtisosligingiz, tajriba va imkoniyatlaringiz haqida qisqa va shu bilan birga kerakli ma’lumot berilishi kerak;
  • Shuningdek, rezyumeda siz tashkilot uchun qanday foyds keltira olishingiz aniq yozilgan bo’lishi lozim.

Bundan tashqari, rezyumeda qaysi ta’lim muassasalarini tamomlaganingiz va ish tajribangiz xronologik tarzda yozilgani eng yaxshi variantdir.

Rezyumeda oilaviy holatingiz, diniy qarashlaringiz haqida gapirishning hojati yo’q. Bu sizning mahoratingiz va kasbiy ko’nikmangizga ta’sir qilmasligi kerak bo’lgan shaxsiy ma’lumotlardir.

YALE UNIVERSITETIDAN TAVSIYALAR

Yale universiteti mutaxassislari rezyumeda yo’l qo’yib bo’lmaydigan xatoliklar haqida yozadi:

  • Rezyumeni yozib bo’lgandan so’ng, uni qayta o’qimang. Balki sekin-astalik bilan har bir gapdan tortib so’zgacha qaytadan ko’rib chiqing: Grammatik va stilistik xatoliklar yo’qligiga ishonch hosil qiling.
  • Uzun “hikoya qilish” stilidan voz keching. Buning o’rniga qisqa va tizimli yozish usulini qo’llang.
  • Jargon va slenglardan qoching.
  • Rezyumeda juda ko’p bo’shliqlar hamda aksincha, juda zichlik bo’lmasligi kerak. Bunda balansni saqlab qolish maqsadga muvofiq.
  • Nomzod hech qachon ishga kirishmasdan oldin natija ko’rsatmaydi. Shuning uchun o’z tajribangizni raqamlarga asoslangan statistikada ko’rsating.

REZYUME TAYYORLASH UCHUN MAXSUS PLATFORMALAR

Quyida rezyume uchun infografika tayyorlashingiz yoki to’liq rezyumeni yozishingiz mumkin bo’lgan saytlarni keltiramiz. Lekin shuni unutmangki, har qanday dizayndan ko’ra, siz haqingizdagi ma’lumot birinchi o’rinda bo’lsin.

Nozima SOATALIYEVA tayyorladi,
O’zDJTU talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

14 − one =