RIVOJLANGAN DAVLATLAR AHOLISI QAYSI TILLARNI O’RGANADI?!

12.02.2022

Yer yuzi bo’yicha 379 mln inliz tilida, 154 mln rus tilida, 80 mln turk tilida, 76 mln nemis tilida, 89 mln arab tilida o’zining birinchi tili sifatida muloqot olib boradi. Bu jahon tillari dunyo mamlakatlarining aksari ushbu tillarni ikkinchi til sifatida o’rganadi. Xo’sh, mahalliy tillari dunyo tillariga aylangan rivojlangan davlatlarning tub aholisining necha foizi o’z tilida faoliyat yuritadi? Ularda qaysi tillar ikkinchi til sifatida keng tarqalgan? Qaysi tillarga qiziqish kuchli? Madaniyatlararo tillar o’rganishga munosabat qanday?

Faqat nemis tili bilish kerakmi?

Rasmiy tili nemis tili bo’lgan Germaniya aholisining 95%i ushbu tilda, 2%i turk tilida, 1%i arab tilida va 6%i boshqa tillarda so’zlashar ekan. Mamlakatda ikkinchi til eng ko’p o’rganiladigan til – ingliz tili. Fransuz va Lotin tillari ikkinchi va uchinchi tillar sifatida, maktabning geografik joylashuviga qarab, rus, italiyan, ispan, yunon va boshqa tillar ham o’qitiladi.

Ingliz tili o’rganishning sababi

Ingliz tili haqida gap ketsa, ko’z oldimda Avstraliya materigi jonlanadi. Sababi, materik aholisining 72.7%i shu tilda faoliyat olib boradi. Aslida esa ingliz tili avstraliyaliklarning rasmiy tili emas. Materikda yuzlab aboriginal tillar mavjud bo’lib, atigi 21%, unda ham oila davrasida mahalliy tillardan foydalaniladi. Bundan tashqari qit’ada mandarin (2.5%), Arab (1.4%), kanton (1.2%), vetnam (1.2%) va italian (1.2%) tillari iste‘molda. Shunday qilib Xitoy, Hindiston davlatlari kabi ko’p tillarga ega bu davlatda ingliz tili ikkinchi til sifatida til ierarxiyani vujudga keltirdi va mamlakat kommunikatsiyani osonlashtirdi.

Ular qobiliyatlimi?

Birlashgan arab amirliklari 420 milliondan ziyod arab zabonlarni o’z ichiga oladi. Tub aholining barchasi arab tilini (100%) biladi. Shuningdek, eshitish qobilyati chegaralangan aholi arab ishora tili bilan aloqa qiladi. Xalqning 92.7 foizi ingliz tilini ikkinchi til sifatida biladi va bu tilda bemalol biznes yurita oladi. Mamlakatda fransuz, nemis, italian va ispan kabi tillarni o’rganishga ishtiyoq kuchli. Nega arablar boshqa tillarni oson o’rganishadi, degan savolning javobi shundaki, arab tilida boshqa tillardagi barcha harflar bo’lmasa ham, immigratsiya va migratsiya rivojlanganligi muhim omil hisoblanadi.

Boyib va yo’qolib borayotgan tillar

Rossiya federatsiyasining etnik qatlami 80% rus millatiga mansub aholini qamrab olgan va rus tili asosiy federal konstitutsiya bilan tasdiqlangan til. Ommaviy axborot vositalari shu tilda olib boriladi, gazeta-jurnallar shu tilda nashr qilinadi. Federatsiya aholisining 97%i shu tilda muloqot qiladi. Lekin Rossiyaning turli hududlaridagi 35 til ham shahar qonunlariga ko’ra rasmiy til deb hisoblanadi. Mamlakat bo’ylab 100lab tillarda so’zlashuvchilarni uchratish mumkin. Xususan, 2.4 million o’zbek Rossiyaning turli hududlarida yashaydi va o’zbekcha gapiradi. Allaqachon ishlatilmay qo’ygan yoki kamchilik tomonidan foydalaniladigan kerek va yug kabi o’ndan ortiq tillar yo’lish arafasida. Ma’lumotlarga qaraganda, aholi ingliz (90%), nemis (16%), turk (2%) va boshqa tillarda (9%) erkin muloqot olib bora oladi.

Ko’p tilli davlat

Turkiyaning rasmiy tili turk tili bo’lib, bu tilda so’zlashuvchilar 85%ni tashkil qiladi. Aholining qolgan qismi kurd tili (12%), arab tili (2%) va zazaki (asosan Turkiyada tarqalgan hind-yevropa tili) tilida (1%) muloqot olib boradi. Shuningdek, o’lkada arman, yunon va yahudiy tilida so’zlovchilar ham topiladi. O’g’uz (turk, ozorbayjon, bolqon, Turkman), qipchoq (tatar, qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz), qarluq (o’zbek, uyg’ur), fors, slayyan, Italian, nemis, va chechen tillari ham keng tarqalgan.

Xulosa qilib aytganda, Germaniya, BAA, Rossiya va Turkiya kabi rivojlangan davlatlar o’z milliy va rasmiy tilini qattiq hurmat qiladi. Ularda ommaviy axborot vositalarim rasmiy hujjatlar o’z tilida yuritiladi. Mehnat immigratsiyasi bilan keluvchi ishchilardan ham o’z tillarini o’rganishni talab qilishadi. Ko’p mahalliy tillarga ega bo’lgan Avstraliya materigi aholisi esa ingliz tilini umumiy til sifatida qabul qilgan. Shuningdek, turli millatlarning o’qish, ish va boshqa sabablarga ko’ra bu davlatlarga borib joylashib qolishi natijasida boshqa tillarni bilish darajasi 5%dan 20%gacha ko’rsatgichga ega bo’lsa, Rossiya federatsiyasida 15 ta til yo’qolib ketish arafasida.

Muhammad Olim Nuriyaxonim Ulug’bek qizi
O’zDJTU Media va kommunikatsiya fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 5 =