ROMAN-GERMAN TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO ANJUMAN O’TKAZILDI

11.11.2024

Bugun, 2024 yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Roman-german filologiyasi fakultetida “Roman-german tilshunosligining dolzarb masalalari”ga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.

Tadbirning ochilishida O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov hamda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi attashesi Jan Streitlar so’zga chiqdilar.

Yalpi majlisda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Ozarbayjon tillar universitei professor-o’qituvchilari, Xalqaro birdamlik va ta’lim assotsiatsiyasi asoschisi, Fransiya milliy ta’limining faxriy rahbari, Tunis Xalq Mehnat va  Ijtimoiy tadqiqotlar instituti fransuz tili o‘qituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Ingliz tili va ta’lim texnologiyasi kafedrasi dotsenti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Baku filiali, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Naxchivan davlat universiteti professor-o’qituvchilari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Shundan keyin xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi sho’balarda davom etdi:

1-  sho‘ba.  Chet tillarini o‘rgatishda innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalarini qo‘llash masalalari.

2-  sho‘ba.  Chet  tillarini  o‘qitishning  zamonaviy  yondashuvlari  va  madaniyatlararo  muloqot masalalari.

3-  sho‘ba.  Tilshunoslik,  xorijiy  adabiyotshunoslik,  lingvomadaniyatshunoslik  va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari.

4-  sho‘ba. Zamonaviy til ta’limi sifatini ta’minlashning strategiya va usullari.

5-  sho‘ba. Tarjima nazariyasi va amaliyoti, og‘zaki va sinxron tarjima masalalari.

6-  sho‘ba.  Tilshunoslikning  zamonaviy  yo‘nalishlarda  (kognitiv,  psixolingvistika,  etnolingvistika, komputer lingvistikasi, gender, raqamli turizm va b.) tadqiqot olib borish muammolari.

Konferensiya gibrid formatda – an’anaviy hamda onlayn (ZOOM platformasi orqali) bo’lib o’tdi. Anjuman O‘zbekiston  davlat  jahon  tillari  universitetining  Roman-german  filologiyasi  fakulteti Fransuz tili  nazariy fanlar va Fransuz tili amaliy fanlar kafedralari hamda “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnali (FLEDU.UZ)  hamkorligida tashkil etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × five =