“ROMAN VA GERMAN TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI O‘TKAZILADI

14.04.2020

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tomonidan 2020-yil 4-iyul kuni “Roman va german tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
1-sho‘ba. Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarning roli.
2- sho‘ba. Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari
3-sho‘ba. Kommunikativ, pragmatik va kognitiv tilshunoslikning dolzarb masalalari.
4- sho‘ba. Tilshunoslikning lingvomadaniy, gender va etnolingvistik muammolari.
5- sho‘ba. Og‘zaki va yozma tarjimaga o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning roli.

Konferensiyaga maqolalar 2020-yil 25-iyunga qadar qabul qilinadi.

Anjumanda OTM professor-o‘qituvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktab chet til fani o‘qituvchilari, doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, shuningdek, magistr va iqtidorli talabalar o‘z maqolalari bilan qatnashishi mumkin.

Konferensiya axborot xati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen + eighteen =