ROSSIYA FEDERATSIYASINING ADIGEY DAVLAT UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN ONLAYN MULOQOT BO’LIB O’TDI

17.08.2021

2021 yil 13 avgust kuni Rossiya Adigey davlat universiteti hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari o’rtasida onlayn muloqot bo’lib o’tdi. Unda Adigey davlat universitetining Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Tlexatuk Susanna Ruslanovna boshchiligidagi vakillar hamda O’zDJTUning Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori A. Abidjanov va Qo’shma ta’lim dasturlari bo’limi boshlig’i X. Yuldashevlar ishtirok etdi.

Muloqot chog’ida O’zDJTU va Adigey davlat universiteti (ADU) hamkorligida ochilgan Qo’shma dastur faoliyati, xususan mazkur universitetga talabalar qabulini tashkil etish jarayoni, ADUning ta’lim faoliyati bilan hamda kirish imtihonlarini tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ADU faoliyatini samarali tashkil qilish uchun yuqorida zikr etilgan masalalarda o’zaro ko’maklashish hamda ushbu universitet bitiruvchilariga ikkita diplom berishga oid kelgusidagi ishlarni batafsil muhokama qildilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen + seventeen =