“ROSSIYA GULLARI” FESTIVALI DOIRASIDA O‘zDJTUDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

03.04.2019

Joriy yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rossiya gullari” nomli madaniy festival doirasida davra suhbati tashkil etildi.

“Rossiyada va xorijda rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda ta’lim texnologiyalari va ijtimoiy-madaniy jihatlar ” mavzusida tashkil qilingan mazkur davra suhbatida O‘zbekiston va Rossiya tadqiqot markazlari mutaxassislari ishtirok etdilar hamda til ta’limining muammolarini muhokama qildilar.

Spikerlar quyidagi mavzularda chiqish qildilar:

  • Markaziy Osiyo davlatlarida rus tilini o‘rgatish tajribasi;
  • rus tilini zamonaviy integratsiya jarayonlari sharoitida o‘qitishning o‘ziga xos xusususiyatlari;
  • rus tili o‘qituvchilarining malakasini xorijiy til o‘qituvchisi sifatida oshirish shakllari bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 5 =