O‘ZBEKISTON-ROSSIYA MINTAQALARARO REKTORLAR KONFERENSIYASI BO’LIB OTMOQDA

26.09.2023

Sankt-Peterburg davlat universitetida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti administratsiyasi ko’magida 25-26 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlari rektorlarining IV mintaqalararo konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.

Bugun Sankt-Peterburg davlat universitening Menedjment oliy maktabida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi”da mamlakatimizdan 16 ta va Rossiya tomonidan esa 30ga yaqin oliy o‘quv yurtlari rektor va prorektorlari ishtirok etmoqda. 

Anjumanni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Adminstratsiyasi xorijiy davlatlar bilan hududlararo va madaniy aloqalar bo‘yicha Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Ribakov kirish so‘zi bilan ochib, konferensiyani ikki davlat ilmiy ziyolilari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun yaratilgan imkoniyatlarning samarasi sifatida baholadi.

U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil oktabr oyida Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi arafasida o‘tkazilayotganini alohida ta’kidlab, ikki davlat o‘rtasidagi barcha sohalar qatori ta’lim yo‘nalishida yangi sahifa ochib berishini, xususan, O‘zbekiston-Rossiya rektorlar konferensiyasi so‘nggi 5 yil davomida an’ana sifatida o‘tkazilayotganligi davlatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik tubdan o‘zgarganini hamda ushbu anjuman universitetlar o‘rtasida yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi. 

Oʻzbekiston tomonidan soʻz olgan Prezident Administratsiyasi departament rahbari Odil Abdurahmonov so‘nggi yillarda o‘zaro aloqalarda ijobiy dinamika kuzatilayotganini, bunda davlatlarimiz rahbarlarining uzoqni ko‘zlab olib borayotgan siyosatlari, o‘zaro ishonchga asoslangan ochiq muloqotlari chog‘ida erishilgan kelishuvlar muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov har ikki davlatning raqamli transformatsiyasi davrida oliy ta’lim va inson resurslari sohasidagi almashinuvining faollashuvi kelajakdagi rivojlanish uchun zamin yaratishiga ishonch bildirdi.

B. Piotrovskiy o‘z nutqida hozirgi vaqtda Sankt-Peterburg shahrida 5000 ga yaqin o‘zbek talabalari ta’lim olayotganini hamda shahar ma’muriyati o‘zbek vatandoshlari uchun bundan keyin ham ta’lim olishlari uchun qulay sharoit yaratib berilishini aytib o‘tdi. 

Konferensiya o‘z ishini uchta: Yuqori texnologiyali tarmoqlar uchun ta’lim: yetakchi muhandislik maktablarini tashkil etish tajribasi”, Tibbiyot, farmasevtika va bioinjeneriya sohasida kadrlar tayyorlashda universitetlararo hamkorlikni kengaytirish”, Pedagok kadrlar tayyorlashda eng yaxshi amaliyotlar” sho‘balarida davom ettirmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 − 2 =