RUMINIYANING O‘ZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI ROMEO STANCHIU O’zDJTUGA TASHRIF BUYURDI
19.02.2020O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xorijiy mamlakatlar bilan samarali hamkorlik aloqalarini davom ettirmoqda. Hamkorlik aloqalarining davomi sifatida bugun, 19-fevral kuni Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari O’zDJTUga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ruminiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Romeo Stanchiu, ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchi Leonardo Chernaianu hamda missiya rahbari o‘rinbosari-konsul, madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchi Aleksandru Simbeteanu va O’zDJTU rektori G’.Raximov rahbarligidagi universitet vakillari o’rtasida rasmiy uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda tomonlar:
- Ruminiyaning yetakchi universitetlari bilan xorijiy tillar va lingvistika, turizm, Yevropashunoslik (European Studies), axborot texnologiyalari (jumladan, masofaviy va onlayn ta’lim) va boshqa sohalarda hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish;
- mazkur sohalar bo‘yicha talaba, o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish (10 ta talaba, 5 ta o‘qituvchi va 3 ta ilmiy tadqiqotchi);
- birgalikda ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar almashinuvi;
- Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalarda qatnashish;
- O‘zDJTU qoshida tashkil etiladigan Markaziy Osiyo tadqiqotlar markazi va Ipak yo‘li tadqiqotlar markazi faoliyatida ishtirok etish;
- onlayn ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun O‘zDJTUda “Masofaviy ta’lim markazi”ni tashkil qilish maqsadida grantlar ajratish kabi masalalar yuzasidan muhokamalar olib bordilar.
Uchrashuvdan so’ng, O’zDJTU asosiy binosining 1-qavatida Ruminiyaning dunyoga mashhur haykaltaroshi Konstantin Brankuzi tomonidan yaratilgan ijod namunalarining fotoko’rgazmasi bo’lib o’tadi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.