“RUSCHA SINXRON TARJIMA TERMINLARINING OʼZBEKCHA IZOHLI LUGʼATI” NASHRDAN CHIQDI

21.01.2020

2020 yil 20 yanvar kuni ToshDShIda “Tarjimashunoslik” kafedrasi mudiri Xayrulla Hamidov va kafedra o‘qituvchisi Shaxzoda Hasanovalarning “Ruscha sinxron tarjima terminlarining o‘zbekcha izohli lug‘ati” (Nodirabegim nashriyoti. − T., 2020. − 184 b.) nashrdan chiqdi.

Kitobga filol.f.d., prof. Abdurahim Mannonov mas’ul muharrirlik qilgan va so‘zboshi yozgan (Taqrizchilar: filol.f.d., prof.  Qudratulla Omonov va filol.f.n., dos. Ergash Ochilov).

Ushbu lug‘atda sinxron va ketma-ket tarjima sohasiga oid ruscha terminlar o‘zbekcha muqobillari va izohlari bilan berilgan. 1000 dan ortiq soha terminlarini o‘z ichiga olgan lug‘atdan sof sinxron tarjima terminlaridan tashqari, ketma-ket tarjima, shuningdek, tarjimashunoslik sohasiga oid boshqa terminlar ham o‘rin olgan.

Lug‘atdan “Sinxron tarjima” va “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” mutaxassisligi magistrantlari, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishida sinxron tarjima sirlarini o‘rganayotgan talabalar foydalanishlari mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 − 11 =