Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi, atoqli adib, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad tavalludining 100 yillik yubileyiga bag‘ishlab, universitetning “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi mudiri, tarjimon Xayrulla Hamidov tomonidan adibning o‘nlab mashhur hikoyalari turk tiliga o‘girilib, Özbek Edebiyati’nin Seçme Eserleri. Said Ahmed. Hikâyeler” (“O‘zbek adabiyotining sara asarlari. Said Ahmad. Hikoyalar”) nomi ostida, TDSHU rektori G.Rixsiyevaning ushbu tarjima kitobiga yozgan so‘zboshisi bilan turk tilida nashr etildi.
Universitetda ustoz-shogird an’anasi asosida amalga oshirilayotgan ijodiy ishlar doirasida X.Hamidovning shogirdlarining ham tarjimalariga o‘rin berilgan kitobdan buyuk hajv va jiddiy so‘z ustasi Said Ahmadning “Elim”, “Sa g‘ana”, “Bir o‘pichning bahosi”, “Xomtalash”, “Xanka bilan Tanka”, “Bir yuz yetmish so‘mlik xurrak”, “Mening do‘stim Babbaev!”, “Iqror”, “Xotinboz chumchuq” singari hajviy hikoyalari bilan bir qatorda “O‘n sakkiz yoshing”, “Sud”, “Qorako‘z Majnun” kabi jiddiy hikoyalari tarjimasi o‘rin olgan.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.