SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIDA XORIJIY TILLARNI O’QITISH METODIKASINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA BAG’ISHLANGAN XALQARO ANJUMAN BO’LIB O’TDI

18.05.2022

Joriy yilning 17-may kunida Ingliz tili-I fakulteti “Ingliz tili o’qitish metodikasi va amaliyoti” kafedrasi tashabbusi bilan “Xorijiy tillarni o’rgatishda zamonaviy o’qitish metodikasi: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Mazkur anjuman xorijiy til ta’limi, xorijiy tillarni o’rgatishning samarali usullari, ularning turlari va tadqiq qilish metodlari, zamonaviy o’qitish metodikasi, uning o’rganilgan, o’rganilayotgan va o’rganilishi lozim bo’lgan yo’nalishlar kabi masalalar muhokamasini o’z oldiga  maqsad qilib qo’ygan.

Anjumanda xorijiy va mahalliy taniqli olim va tilshunoslar xorijiy tillarni o’qitishning hozirgi kundagi dolzarb masalalariga bagishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Plenar majlisdan so’ng anjuman o’z ishini quyidagi guruhlarda davom ettirdi:

— Zamonaviy ta’limda til o’qitishning dolzarb muammolari;

 — Raqamli ta’lim tizmida xorijiy tillarda muloqot kompetensiyasini shakllantirish;

— Chet tilini til, tarjima va metodikasini integrasiyalshgan holatda o’qitish usullari;

— Masofaviy ta’limga xorijiy tilni o’qitishning innovatsion metodlarini tatbiq qilish.

Anjumanda Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari tizimidagi muassasalarning yuzdan ziyod malakali chet tili fani o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, shunungdek, Rossiya, Qozogiston, Tojikiston, Hindiston, Turkiya, Indoneziya, Ispaniya hamda Janubiy Koreya davlatlari, shuningdek, boshqa xorijiy universitetlar vakillari ishtirok etishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 + 14 =