SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTINING QO’SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL KVOTALARI MA’LUM BO’LDI

17.08.2020

Hurmatli abituriyentlar, endilikda siz 2020-2021 o’quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan Qo’shma ta’lim dasturlariga onlayn hujjat topshirishingiz mumkin.

BAKALAVRIAT:
Filologiya va tillarni o’qitish: koreys tili, Koreyaning Sunchunyan universiteti hamkorligida ochilgan 2+2 dasturi. 30 nafar qabul o’rni ajratilgan. O’quv jarayonlarining 2 yili SamDCHTIda, 2 yili Sunchunyan universitetida davom etadi.

Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili, Rossiyaning Oltoy davlat pedagogika universiteti hamkorligida ochilgan 2+2 dasturi. 30 nafar qabul o’rni ajratilgan. O’quv jarayonlarining 2 yili SamDCHTIda, 2 yili Oltoy davlat pedagogika universitetida davom etadi.

Filologiya va tillarni o’qitish: xitoy tili, Xitoyning Shanxay xorijiy tillar universiteti hamkorligida ochilgan 2+2 dasturi. 15 nafar qabul o’rni ajratilgan. O’quv jarayonlarining 2 yili SamDCHTIda, 2 yili Shanxay xorijiy tillar universitetida davom etadi.

MAGISTRATURA:
Lingvistika: ingliz tili, Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti hamkorligida ochilgan 1+1 dasturi. 10 nafar qabul o’rni ajratilgan. O’quv jarayonlarining 1 yili SamDCHTIda, 1 yili Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetida davom etadi.

Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o’qitish, AQSHning Vebster universiteti hamkorligida ochilgan dastur. Bunda o’qish muddati 1 yil. 40 nafar qabul o’rni ajratilgan. O’quv jarayonlari 1 yil SamDCHTIda davom etadi. (Ushbu yo’nalishda qabul muddati yakuniga yetgan)

Batafsil ma’lumot.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen − 6 =