SAMARQAND FRANSUZ ALYANSI BOLALAR VA KATTALAR UCHUN FRANSUZ TILI KURSLARINI TAKLIF QILADI

09.11.2023

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Samarqandda Fransuz Alyansini tantanali ravishda ochib berdilar.

Alyans bolalar va kattalar uchun fransuz tili kurslarini taklif qiladi hamda ta’lim va madaniy resurslar hamma uchun ochiq bo‘lishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, Samarqanddagi Fransuz alyansi fransuz tilini bilish darajasini aniqlash va uni sertifikatlash bo‘yicha imtihonlar markazi ham bo‘ladi.