SAMARQANDDA O‘ZBEKISTON-ROSSIYA III-TA’LIM FORUMI O’TKAZILMOQDA
26.10.2022Forum boshlanishida bir qator e’tiborga loyiq shartnomalar imzolandi. Masalan, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti va Andijon mashinasozlik instituti rektorlari hamkorlik shartnomasini imzoladilar, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bilan to‘rtta shartnoma tuzdi, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Janubiy Federal Universiteti hamda Sankt-Peterburg politexnika universiteti o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Forum doirasida Rossiyaning boshqa OTMlari ham shunga o‘xshash shartnomalarni imzolashi rejalashtirilgan. Masalan, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand va Qoraqalpoq davlat universitetlari hamda Toshkent yuridik universiteti bilan hujjat imzolashni ko‘zda tutgan.
Oltoy davlat universiteti – Samarqand davlat universiteti bilan, Qozon davlat universiteti – Toshkent yuridik universiteti bilan, Nijniy Novgorod davlat universiteti – Farg‘ona davlat universiteti bilan, Belgorod davlat universiteti esa Karshi davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasi tuzadi.
Ilmiy, o‘quv va amaliy ishlanmalarni birlashtirish masalasiga kelsak, bunga Rossiyaning «Shelkovo Agroxim» korxonasi va Qarshi davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma ko‘maklashadi. Tomonlar agrokimyo sohasida loyihalarni birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqdalar.
Jami forumda Rossiyaning 54 ta yetakchi ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek prezident administratsiyasi, Davlat Dumasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.