SAMARQANDLIK TALABALAR XORIJDA AMALIYOT O’TASHADI

29.12.2024

Samarqand davlat chet tillar institutida Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida 1999-yil 8-noyabrda imzolangan bitimga muvofiq 2025/2026-oʻquv yili sentabr oyidan boshlab Xitoy davlatidagi oliy taʼlim muassasalarida talabalarning 10 oy davomida stajirovka oʻtashlari uchun stipendiyalar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda institutning “Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili” yo‘nalishi bakalavriat bosqichining 2- va 3-kurs talabalari ishtirok etishdi. Ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra jami 8 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va ular Xitoydagi oliy o‘quv yurtlarida stajirovka o‘tashlari uchun tavsiya etildi.

Institut rektori Bahodir Xoliqov xorijiy oliy o‘quv yurtlarida stajirovka uchun tavsiya etilgan talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Bahodir Xoliqov xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga ketayotgan talabalarni stajirovka talablari va tartiblari bilan tanishtirdi, o‘qish va ilmiy izlanish olib borishlari uchun kerak bo‘ladigan maslahat va tavsiyalarni berdi. Ularni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan qutlash bilan birgalikda kelgusi o‘qish va ishlariga omad tiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − 11 =