SamDCHTI “INDONEZ TILI MARKAZI”DA TA’LIM OLUVCHI TALABALARGA 100 DAN ORTIQ ADABIYOTLAR SOVG‘A QILINDI
03.12.20192019-yil 2-dekabr kuni Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sunaryo Kartadinata boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar hamda institut rahbariyati vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida kelgusida tomonlarning mavjud o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkam darajada o‘rnatish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini joriy qilish hamda ularning tarjibasini oshirish, indonez tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rganayotgan talabalar uchun hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini yaratish, ilmiy va amaliy konferensiyalarni tashkil etish borasida fikr hamda mulohazalar almashinildi.
Uchrashuvdan so‘ng faollar zalida elchixona vakillari tomonidan tayyorlangan badiiy-konsert dasturi tashkil etildi va unda indonez xalqining milliy raqs hamda qo‘shiqlari ijro etildi. Jumladan, elchi Sunaryo Kartadinataga SamDCHTIning faxriy professori unvonini berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Indonez milliy taomlari ko‘rgazmasi ham voqealar rivojidan joy oldi.
Konsert dasturidan so‘ng delegatsiya ishtirokchilari “Indonez tili markazi”da ta’lim olayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazishdi va talabalar indonez tilini mukammal darajada o‘rganishlari uchun ularga 100 dan ortiq darsliklar, o‘quv adabiyotlari hamda qo‘llanmalar sovg‘a qilindi. Shunindek, institutda tashkil etilgan boshqa xorijiy til markazlari bilan ham elchi janoblari Sunaryo Kartadinata batafsil tanishib chiqdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.