SamDCHTIDA INGLIZ TILINI BILISH DARAJASINI ANIQLASH MARKAZI OCHILADI

17.02.2020

2020-yilning 15-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyoda Fulbrayt (Fulbright Programs) dasturlari bo‘yicha koordinatori Julia Findlay va elchixona vakili Saida Choriyevalar tashrif buyurdi va institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov bilan uchrashishdi.

Qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Samarqand va O‘zbekistonga birinchi bor tashrifi ekanligi, O‘zbekistondagi elchixona Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyoda Fulbrayt (Fulbright Programs) dasturlari bo‘yicha koordinator etib tayinlanganligi, dastur doirasida O‘zbekiston oliygohlari bilan avvalgi hamkorlik ishlari bilan tanishish va kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida kelganligini bildirib o‘tdi Julia Findlay.

Jarayon doirasida institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov SamDCHTIda ingliz tilini o‘qitish holati (institut tarixi, fakultetlar, talabalar va o‘qituvchilar soni) hamda SamDCHTI va AQSH elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, jumladan, elchixona ko‘magida institutda 2015-2016 o‘quv yilida Shimoliy Arizona universiteti o‘qituvchisi Endryu Mobs, 2016-2017 o‘quv yilida Blyudata xalqaro instituti o‘qituvchisi Elis Britan hamda 2018-2019 o‘quv yilida Peter Barsum ingliz tili o‘qituvchisi sifatida samarali faoliyat olib borganligi to‘g‘risida so‘zlab o‘tdi va ingliz tilini bilish darajasini aniqlash testlarini tashkil etish markazini ochish taklifini bildirdi. Julia Findlay, albatta, bu borada SamDCHTI bilan homkorlikka tayyor ekanligini ta’kidladi.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti va AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, AQSH OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda u yerdan ingliz tili o‘qituvchilarini institutga jalb etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida takliflar, fikr va mulohazalar almashish ham rasmiy uchrashuv doirasidan o‘rin oldi.

Uchrashuvdan so‘ng institut professor-o‘qituvchilari AQSH elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan “Amerika adabiyotlari markazi” bilan mehmonlarni tanishtirib o‘tish qatorida elchixona tomonidan 700 dan ortiq zamonaviy ingliz tili o‘quv adabiyotlari tuhfa etilganligini ham bildirishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti
Samarqand davlar chet tillar instituti

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 + 4 =