SamDCHTIGA YAPONIYANING O‘ZBEKISTONDAGI ELCHISI YOSHINORI FUJIYAMA TASHRIF BUYURDI

16.11.2019

Joriy yilning 15-oktabr sanasida Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoshinori Fujiyama ishtirokidagi ikki kishilik delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi hamda institut rahbariyati vakillari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv doirasida kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va jadal ravishda rivojlantirish, xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda ularning stajirovkasini oshirish, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish, shuningdek, fan, ta’lim sohalarida o‘quv adabiyotlarini yaratishga, mintaqada yapon tilining o‘qitilishini yanada yuksaltirishga kelishib olindi.

Ucharshuv yakunida SamDCHTI yapon tili yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan suhbat tashkil etildi va ularga 100 dan ortiq yapon tilidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, yapon tilining o‘rganilishida muhim ahamiyatga ega foydalaniladigan adabiyotlar tuhfa etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti
Samarqand davlat chet tillar instituti
Samarqand davlat chet tillar instituti

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × two =