SHARIFA XOLMATOVANING PORLOQ XOTIRASIGA

30.04.2020

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, fidoyi pedagog SHARIFA XOLMATOVA olamdan o’tdi.

Xolmatova Sharifa 1944 yilda Аndijon viloyatida tug’ildi. Qiyinchilik davlarga qaramay yoshligidan kitob mutolaa qilishga, qolaversa chet tillarni o’rganishga ishtiyoqi baland edi.

Shu tariqa, Sharifa Xolmatova 1961-1966 yillarda Toshkent davlat chet tillari pedagogika institutida tahsil oldi. Imtiyoz bilan shu institutning Fransuz tili fakulteti Ispan tili bo’limini tugatdi.

1996 yildan O’zbekistan davlat jahon tillari universiteti Ispan tili kafedrasi katta o’qituvchisi, 2000 yildan esa shu universitetning Xalqaro jurnalistika fakulteti Chet tillari kafedrasi katta o’qituvchisi lavozilarida ishladi.

Yosh avlodni tarbiyalashda va bilim berishda hech charchamagan Sh.Xolmatova 2001 yilda “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqidlandi.

2003-2007 o’quv yillarida O’zDJTU Ispan filologiyasi fakultetida o’quv ishlar bo’yicha dekan muovini vazifasida faoliyat yuritdi. 2003 yildan ispan tili yuqori kurslar kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab keldi.

Marhuma Sharifa Xolmatova bir necha darslik, o’quv qo’llanma, dasturlar, o’quv-uslubiy majmualar, ispancha-o’zbekcha lug’atlar muallifi va hammuallifidir.

Qaysi lavozim va joyda ishlamasin, Sh.Xolmatova o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’ldi, minglab malakali kadrlar tayyorladi. Uning shogirdlari mamlakatimizning barcha hududlarida, mahalliy va horijiy tashkilotlarda faoliyat yuritayotganini fahr bilan ta’kidlash lozim. Ular ustozning ishlarini fidokorona davom ettirib kelmoqdalar.

Ustozning oxiratlari obod bo‘lsin, ularning porloq xotirasi qalbimizda mangu yashaydi!

2 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Садир
    #1 Садир 1 May, 2020, 12:33

    Аллох рахматига олсин! Яхши инсон эдилар.

    Reply this comment
  2. ASAL
    #2 ASAL 2 May, 2020, 05:45

    Улуғ Рамазон кунларида жаннатлардан онажонимга жой ато этсин.

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + 18 =