Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Germaniya Akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan germaniyalik talabalarga mo’ljallangan yozgi maktab tanlovida g’olib bo’lib, ushbu loyiha doirasida germaniyalik talabalar uchun yozgi maktab faoliyat boshladi.
Talabalar 3 hafta mobaynida o’zbek tilini va madaniyatini o’rganadilar. Shahrimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladilar va milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishadilar.
Yozgi maktab davomida O’zbekiston tarixi, dunyo sivilizatsiyasida tutgan o’rni haqida maxsus ma’ruzalar bo’lib o’tadi. Shuningdek, milliy oshxonamizga oid taomlarni tayyorlash, milliy raqs san’atimizga doir maxsus mahorat darslari ham o’tkaziladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.