SHAVKAT MIRZIYOEV MAMLAKATIMIZ MUSTAQILLIGINING 33 YILLIGI MUNOSABATI BILAN DAVLAT MUKOFOTLARINI TOPSHIRDI

30.08.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi. 30-avgust kuni Ko‘ksaroyda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev barchani avvalo Mustaqillik bayrami bilan, yig‘ilganlarni davlatimizning yuksak mukofotlari bilan tabrikladi. Mamlakatimizda erishilayotgan natijalarning asosi, sa’y-harakatlarning mohiyati haqida yurakdan so‘zladi.

– Biz nima uchun mehnat qilayapmiz? Xalqimiz tinch va farovon yashashi uchun, farzandlarimizning baxtu kamoli uchun. Inson qadri degan harakatni boshlaganmiz. Bu harakatni, katta-katta maqsadlarimizni joylarda kim amalga oshiradi? Sizlarga o‘xshagan fidoyi, vatanparvar, kuchli insonlar! Sizlar – qahramonsizlar, yoshlarimizga namunasizlar. Men sizlar bilan g‘ururlanaman va xalqimiz nomidan rahmat aytaman, – dedi Prezident.

Bu sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. Shaharu qishloqlar qiyofasi, barcha soha va tarmoqlar tubdan o‘zgarmoqda. Iqtisodiyot, qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya sohalarida keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda. Bularning natijasini odamlar o‘z hayotida ko‘rmoqda.

https://president.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 4 =