SHАVKАT MIRZIYOEV OʼZBEKISTON YOSHLАRIGА BАYRАM TАBRIGINI YOʼLLАDI

30.06.2020

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yoshlar kuni bilan yurtimiz yoshlarini tabrikladi.

Prezident tabrigida oliy va oʼrta maxsus taʼlim tizimidagi olib borilayotgan ishlar ham aytib oʼtildi, jumldan:

-Bugungi kunda mamlakatimizda yangi Oʼzbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning oʼrni va taʼsiri tobora ortib borayotgani hammamizni quvontiradi.

Shiddatli zamonda, global miqyosda raqobat kuchayib borayotgan murakkab vaziyatda yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlarga ehtiyoj har qachongidan ham ortib bormoqda. Shu bois biz oʼz oldimizga qoʼygan ulkan va masʼuliyatli vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida tub oʼzgarishlarni amalga oshirmoqdamiz.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston yoshlariga bayram tabrigi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 − 6 =