SHHTNING O‘ZBEKISTONDAGI XALQ DIPLOMATIYASI MARKAZI VA O‘zDJTU O‘RTASIDA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

20.04.2021

2021-yilning 20-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi rahbari Q. Sobirov va gumanitar sohada hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F. Otbosarov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda O’zDJTUning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Abidjanov, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, filolgiya fakulteti dekani S. Ziyayeva va 1-ingliz tili fakulteti dekani A. Yuldashevlar ishtirok etdi.

Markaz rahbari Q. Sobirov Xalq diplomatiyasi markazining tashkil etilishi va faoliyati, markaz tomonidan rejalashtirilgan tadbirlar hamda hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha takliflari haqida gapirib o‘tdi.

O’zDJTUning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Abidjanov, o‘z navbatida, O‘zDJTU faoliyati, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib, ShHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Tomonlar SHHTga a’zo davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan turli sohalarda hamkorlik aloqalarini kengaytirish, hamkorlikda ta’lim, fan, madaniyat va madaniy merosni saqlash kabi yo‘nalishlar doirasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, turli tadbirlarni tashkil qilish borasida kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida SHHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi bilan O‘zDJTU o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × one =