SHVETSIYA KOMPANIYASI MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISHGA $60 MLN. YO‘NALTIRMOQDA

06.03.2020

Shvetsiyaning EF Education First kompaniyasi Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitishni takomillashtirishga $60 mln. yoʻnaltirishni rejalashtirmoqda.

Joriy yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov va EF Education First kompaniyasi direktori Karl-Yoxann Vestring anglashuv memorandumini imzoladi.

EF Education First kompaniyasi ingliz tilini oʻqitishga qaratilgan turli oʻquv dastur, metodika va pedagogik yondashuvlarni taklif etuvchi dunyodagi yirik tashkilotlardan biridir.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar istiqbolli hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirilmoqda.

Jumladan, tomonlar mamlakatimizda ingliz tilini oʻrganishni xohlovchi oʻquvchi hamda oʻqituvchilar bilimini baholab, malaka va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha treninglar tashkil etishda hamkorlik qiladi.

Shu bilan birga, tomonlar oʻquvchilarning ingliz tili boʻyicha bilimini baholash va ularga turli oʻquv dasturlarini taqdim etishni ham rejalashtirgan.

Memorandum doirasida tomonlar yurtimizdagi oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanishi uchun turli qoʻshma dasturlar ishlab chiqish niyatida.

Imzolangan hujjatda EF Education First kompaniyasi Oʻzbekiston maktablarida ingliz tilini oʻqitishni takomillashtirish uchun $60 mln. investitsiya kiritishga tayyorligini bildirdi.

— Bugungi kunda ingliz tili dunyodagi eng mashhur tillardan biri hisoblanadi. Xalq taʼlimi vazirligi va EF Education First kompaniyasi oʻrtasidagi hamkorlik oʻquvchilarning ingliz tilini bilish darajasini oshiradi. Bu esa oʻz oʻrnida ularga kelgusida muvaffaqiyatga erishish uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratadi, — dedi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov.

Taʼkidlash joizki, mamlakatimiz maktablarida qariyb 5,38 million oʻquvchi ingliz tilini xorijiy til sifatida oʻrganadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen + two =